• Taqqoslash etaloni
  • Guvoh etalon
  • Ishchi etalon
  • “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet146/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Ikkilamchi etalon - birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon. 
    Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini rasional tashkil etish zarur bo‘lganida va birlamchi etalonni 
    eng kam eyilishini va saqlanganligini ta‘minlash hollarida yaratiladi. 
    Metrologik vazifasi bo‘yicha ikkilamchi etalonlar nusxa-etalon, taqqoslash etaloni, guvoh 
    etaloniga bo‘linadi. 
    Nusxa-etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.Nusxa-
    etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt eyilishidan saqlash maqsadida, qiyoslash 
    ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi.Nusxa-etalon zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida 
    ishlatilishi mumkin. 
    Taqqoslash etaloni – biror sababga ko‘ra bir-biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan 
    etalonlarni solishtirish uchun qo‘llaniladigan etalon. 
    Taqqoslash etaloniga turli mamlakatlarda elektr kuchlanishi birligi etalonlarining bir-biri bilan 
    o‘zaro solishtirish uchun ishlatiladigan o‘zgarmas tokdagi elektr kuchlanishining yuqori stabilli 
    elektron o‘lchovi misol bo‘la oladi. 
    Guvoh etalon - davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish va buzilgan yoki 
    yo‘qolgan xollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. 
    Hozir, Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklarini etalonlaridan faqat massa birligining etaloni - 
    kilogrammning guvoh etaloni bor. 


    168 
    Ishchi etalon - birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan 
    etalon. 
    Ishchi etalon birligining o‘lchami ikkilamchi nusxa etalon bo‘yicha yoki ba‘zi hollarda, to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri birlamchi etalon bo‘yicha qo‘yiladi. 
    Etalonlarning tarkibiga na faqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga oshiradigan 
    eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o‘lchamini etalondan 
    boshqa o‘lchash vositalariga uzatish, o‘lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda saqlanadigan 
    kattalik birligi o‘lchamini o‘zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo‘lgan boshqa o‘lchash vositalari 
    ham kiritiladi. 
    Zarur bo‘lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini ta‘minlaydigan boshqa texnikaviy vositalar 
    (masalan, informasion-hisoblash komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va boshqalar) 
    kiritiladi. 
    Ishchi etalonlar zarur bo‘lganda, namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) uchun qabul qilinganidek, 
    1,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o‘lchami razryadlari bo‘yicha bir-biriga tobe 
    ishchietalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o‘lchami bu tizimdagi oxirgi ishchi etalondan 
    ishchi o‘lchash vositasiga uzatiladi. 
    Yuqorida yozilganidek, etalonlarning o‘zaro metrologik tobeligi ko‘rsatilgan sxema ko‘rinishida 
    berilishi mumkin. 
    Taqqoslash - etaloni 
    Nusxa etalon 
    Guvoh - etalon 
    Ishchi - etalon 
    Ikkilamchi 
    etalonlar 
    Birlamchi etalon 
    Etalonlarning metrologik tavsiflari GOST 8.381-80 muvofiq ifodalanadi. Odatda etalonlar uchun 
    o‘lchash natijalarini o‘rtacha kvadratik og‘ishi bo‘yicha ifodalangan birlikni qayta tiklashdagi 
    tasodifiy xatoligini baxolanishi va yo‘qotilmagan muntazam xatoligini baxolanishi ko‘rsatiladi. 
    Hozirda etalonlar uchun o‘lchash noaniqligini o‘rnatish, belgilash (aniqlash) majburiy talab bo‘lib 
    qoldi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish