166
Etalon kompleks - fizikaviy kattalik birligi o‘lchamini
qayta tiklash, saqlash va uni uzatish uchun
mo‘ljallangan o‘lchash vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib topgan
etalon.
Etalon kompleksiga vaqt etaloni va chastota etaloni misol bo‘ladi.
Bu etalonlar seziyli
generatorlardan (vaqt va chastota birliklarini qayta tiklash uchun mo‘ljallangan), vodorodli
generatorlardan (ularning uzluksiz ishlashida vaqt shkalasini saqlash funksiyasini bajaradigan vaqt
va chastota birliklarini saqlash uchun qo‘llaniladigan), kvant-mexanik soatlar guruhidan (vaqt
shkalasini saqlash uchun mo‘ljallangan) iborat bo‘ladi. Etalon-kompleks
tarkibiga yana chastotani
va yalpi kompleksni funksiyasini ta‘minlaydigan vositalarni ichki va tashqi solishtirish uchun
mo‘ljallangan apparaturalar kiradi.