164
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish.
30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
O‘lchash
vositalarini sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish,
qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan o‘tkazish,
texnik
jihatdan tartibga solish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash sohasidagi
normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligini
hamda belgilangan
metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchashlar va sinovlar bajarilishining
sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan
xizmatlar, shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan
moliyalashtirish sohasiga
kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor
shaxslar tomonidan to‘lanadi.