|
-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlashBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua24-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash
O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash o‘z ichiga davlat sinovlarini o‘tkazish orqali
o‘lchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash, o‘lchash vositalarining
metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini belgilash hamda o‘lchash vositalarining
turini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha ishlarni oladi.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish yagona nusxalarda ishlab
chiqariladigan (yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga import bo‘yicha yagona nusxalarda olib
kiriladigan) o‘lchash vositalarining xossalarini tadqiq etish asosida ular qo‘llash uchun yo‘l
qo‘yilishini e‘tirof etish maqsadida davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu
Qonunning
20-moddasida
ko‘rsatilgan
sohalarda
foydalaniladigan,
ishlab
chiqarilishi va import bo‘yicha olib kirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan va
turini tasdiqlashdan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
O‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga
kiritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan
o‘lchash
vositalariga
yoki
ularning foydalanish hujjatlariga ishlab
chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qo‘yishi shart.
25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash
O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslaganda o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik
talablarga ularning muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligini
belgilovchi o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati maxsus
vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
|
| |