• 4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati 18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish
  • 19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob‘ektlari
  • 20-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar
  • -modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    17-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari 
    O‘lchashlarni 
    bajarish 
    uslubiyotlari 
    o‘lchash natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini 
    baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchash o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan 
    aniqlikni 
    ta‘minlashi 
    kerak. 
    O‘lchashlar 
    belgilangan 
    tartibda 
    attestatsiyadan 
    o‘tkazilgan 
    o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlariga muvofiq amalga oshirilishi zarur. 
    O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish o‘lchashlarni 
    bajarish uslubiyotining unga qo‘yiladigan metrologiya talablariga muvofiqligini baholash hamda 
    tasdiqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
    O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish 
    tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi. 
    4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati 
    18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish 
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan 
    metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida 
    amalga oshiriladi. 
    19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob‘ektlari 
    Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob‘ektlaridir: 
    etalonlar; 
    o‘lchash vositalari; 
    sinov vositalari; 
    standart namunalar
    axborot-o‘lchash tizimlari; 
    o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari; 
    o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
    miqdori; 
    metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ob‘ektlar. 
    20-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar 
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan o‘lchashlarga 
    nisbatan qo‘llaniladi: 


    161 
    sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; 
    moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; 
    soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya
    zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda 
    yo‘q qilib tashlash
    umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada 
    xizmatlar ko‘rsatish; 
    aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya 
    qilish, yong‘in xavfsizligini, suv ob‘ektlarida insonlarning xavfsizligini ta‘minlash; 
    sanoat xavfsizligini ta‘minlash; 
    davlat mudofaasini ta‘minlash; 
    mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta‘minlash; 
    sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; 
    geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; 
    o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta‘mirlash va 
    metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; 
    foydali qazilmalarni qazib olish; 
    rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; 
    mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa 
    sohalariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish