|
-modda Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua10-modda Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahridagi bo‘linmalarining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridagi bo‘linmalari:
akkreditatsiya qilingan holda o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish,
qiyoslash va kalibrlash ishlarini bajaradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqadi;
milliy darajada laboratoriyalararo solishtirishlarda ishtirok etadi.
11-modda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakolatlari
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti:
O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlar bazasini takomillashtiradi va rivojlanishini
ta‘minlaydi;
etalonlarni va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini saqlab turish hamda ularni
xalqaro darajada solishtirish, shuningdek kattalik birliklarini saqlash va uzatish bo‘yicha ishlarni
bajaradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqadi;
metrologiya tekshiruvi natijalarini o‘zaro e‘tirof etish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni
ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
metrologiya tekshiruvini va metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni
amalga oshiradi.
12-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining
hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining vakolatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar
metrologiya xizmatlari:
akkreditatsiya qilingan holda o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini
bajaradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqadi.
|
| |