157
hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash
vositalarini sinash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash,
kalibrlash natijalarini
O‘zbekiston Respublikasida e‘tirof etish tartibini belgilaydi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining davlat tomonidan boshqarilishini metrologiya
bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
(bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan,
davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlaridan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iboratdir.
Davlat metrologiya xizmati maxsus vakolatli davlat organi va uning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalaridan, shuningdek O‘zbekiston
milliy
metrologiya institutidan iborat.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik
boshqaruvi
organlari
huzuridagi
maxsus
tashkil
etilgan
hamda
akkreditatsiya
qilingan
bo‘linmalardan iboratdir.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
hisoblanmaydigan maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslardan va
(yoki) ular huzuridagi bo‘linmalardan (bundan buyon matnda yuridik
shaxslarning metrologiya
xizmatlari deb yuritiladi) iborat.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning
metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta‘minlash bo‘yicha ishlarni bajarish hamda metrologiya tekshiruvini amalga oshirish uchun tashkil
etiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining
hamda yuridik shaxslar
metrologiya xizmatlarining huquq va majburiyatlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan
kelishib olingan nizomlarda o‘rnatiladi.