-modda. O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

9-modda. O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi 
Qurilish vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari 
(9-moddaning 
nomi O‗zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‗RQ-597-
sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 
03/19/597/4193-son) 
Oldingi
tahrirga qarang. 
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog‗lig‗i uchun 
zararli 
bo‗lgan 
moddalar, 
kasallik 
tug‗diruvchi 
organizmlarning 
mavjudligi, 
kasallik 
tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va 
dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo‗llash bo‗yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning 
bajarilishini tashkil etadi va ta‘minlaydi. 
(9-moddaning birinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‗RQ-436-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‗R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 
Oldingi
tahrirga qarang. 
O‗zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli 
ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta‘minlaydi. 
(9-moddaning ikkinchi qismi O‗zbekiston Respublik asining 2019-yil 24-dekabrdagi O‗RQ-597-
sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 
03/19/597/4193-son) 
Oldingi
tahrirga qarang. 
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi tabiiy 
resurslardan foydalanishda hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta‘sirlardan muhofaza 
qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga 
doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta‘minlaydi. 
(9-moddaning uchinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‗RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‗R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Ushbu 
moddaning 
birinchi—uchinchi 
qismlarida
 ko‗rsatilgan 
texnik 
jihatdan tartibga solish 
sohasidagi vakolatli davlat organlari o‗z vakolati doirasida: 
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni 
tasdiqlash yuzasidan O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga 
takliflar kiritadi; 
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni 
ekspertizadan o‗tkazadi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik 
reglamentlarni ekspertizadan o‗tkazadi; 


100 
umumiy texnik reglamentlarga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish, shuningdek mazkur 
reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritadi, shuningdek 
mazkur reglamentlarni bekor qiladi
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish