2-bob. Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari 7-modda. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini
belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko‗rsatishini
ta‘minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi Qo‗shimcha ma‘lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-iyuldagi 207-son ―2014-2018-yillarga mo‗ljallangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Qarori . umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritadi, shuningdek
mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
8-modda. O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‗jalik
boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining
loyihalari yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar
kiritadi;
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab
chiqishga doir faoliyatini o‗z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish, shuningdek
mazkur reglamentlarni bekor qilish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik
reglamentlarni o‗z vakolati doirasida ekspertizadan o‗tkazadi;
o‗z vakolati doirasida: xo‗jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik
reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur
reglamentlarni bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang. mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash
uchun zarur bo‗lgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va o‗lchovlari usullarini
belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‗yxatini tasdiqlaydi;
(8-moddaning birinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405- sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‗ldirilgan — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173- modda) umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‗z vakolati doirasida davlat
nazoratini amalga oshiradi;
99
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‗z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.