101
doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan
shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik
reglamentlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari
o‗zlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ
hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va
yuritish
tartibi
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
14-modda. Texnik reglamentlar to‗g‗risidagi axborot
Amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‗g‗risidagi axborot yuridik
va jismoniy shaxslar erkin foydalana oladigan bo‗lishi kerak. Davlat
sirlarini va qonun bilan
qo‗riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma‘lumotlar tarqatilmasligi kerak.
O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
yuridik va jismoniy
shaxslarning so‗rovlariga ko‗ra:
amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni;
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
O‗zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
xalqaro tashkilotlarga
a‘zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni;
ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik
jihatdan tartibga solish
sohasidagi
boshqa
normativ
hujjatlarni
e‘lon
qilishning
rasmiy manbalari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni taqdim etadi.