111
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli
qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‗lib, bu chiziqlarning o‗lchamlari standartlashtirilgan.
Shtrix-
kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‗qishga mo‗ljallangan. Uning vositasida,
mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma‘lumotlar
kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‗zbekiston Respublikasida ishlab
chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. ―GS1 International‖ (YeAN Uzbekistan)
(Belgiya,
Bryussel)
xalqaro
assotsiatsiyasi
tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli
identifikatlashtirish kodi berildi.
U bo‗yicha bu tovar qaerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin.
Mamlakat kodidan
keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi.
Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste‘molchilik xossalari o‗lchami, massasi, tarkibi,
shakli, o‗ramining ko‗rinishi va boshqa ma‘lumotlar shifrlab qo‗yilgan.
Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-
raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‗qilishi
to‗g‗riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o‗zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi
haqidagi ko‗rsatkichlar kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan ―GSI Internatsional‖ (YeAN Uzbekistan)
tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida ro‗yxatga olinadi.
Dunyoning ko‗pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi shundan iboratki, u
sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi.
Zamonaviy texnika bilan jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning
narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‗zi
belgilaydi, buyumlarda bir xil
shtrixli kod bo‗lsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy
paytda qancha so‗mga va qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib
qolishini bilib olishlari mumkin. Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori haqida doimo tezkor
to‗planadigan ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun
ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi,
tovar-transport va
boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma mablag‗lar
harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini ta‘minlash, omborxonalarda saqlash
xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi.
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra" belgili tovarni
tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste‘molchi uchun axborotga ega emasligini ta‘kidlash kerak.
Ammo o‗z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‗zining obro‗si uchun yagona ma‘lumotlar bazasiga
ma‘lumotlar berib, albatta tovarlar va o‗zi haqida umumiy ma‘lumotlarini bildiradi. Bu
ma‘lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas.
Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks
reklamaga ega bo‗ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi axborotni to‗g‗riligi
uchun javobgar bo‗lgan ixtiyoriy YeAN milliy yoki xalqaro ma‘lumotlar bankida o‗tkazish mumkin.
Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi.
Savdo sheriklari barcha zanjir bo‗ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir,
chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi.