• Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi
  • Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda: 
    Sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo‘lsa;
    Sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa;
    Agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan 
    (bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.
    Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi.


    126 
    Majburiy 
    sertifikatlashtirilishi 
    lozim 
    bo‘lgan 
    mahsulotlarni 
    realizatsiya 
    qiluvchi 
    tayyorlovchilar (tadbirkorlar): 

    majburiy 
    sertifikatlashtirilishi 
    lozim 
    bo‘lgan 
    mahsulotni 
    sertifikatlashtirishga 
    taqdim 
    etishlari;

    sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o‘zi yoki ular e‘tirof etgan organlar 
    bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar 
    talablariga mos bo‘lishini ta‘minlashlari;

    sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa
    shuningdek sertifikatnpng amal qilish mudati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish 
    organining qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, realizatsiya qilishni to‘xtatib 
    qo‘yishlari yoki tugatishlari;

    majburiy 
    sertifikatlashtirilishi 
    lozim 
    bo‘lgan 
    mahsulotni 
    sertifikatlashtiruvchi 
    va 
    sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini 
    moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;

    sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologiya 
    jarayoniga kiritilgan o‘zgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor 
    etishlari;

    ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirish 
    to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni hamda normativ hujjatlarni ko‘rsatishlari va bu ma‘lumotlar iste‘molchi 
    (xaridor, buyurtmachi) e‘tiboriga yetkazilishini ta‘minlashlari shart.
    Majburiy 
    sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga 
    yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan 
    talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, «O‘zstandart» tomonidan berilgan yoki e‘tirof etilgan 
    muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
    Milliy 
    muvofiqlik 
    sertifikatlari 
    va 
    muvofiqlik 
    belgilari 
    yoki 
    boshqa 
    davlatlarning 
    «O‘zstandart» tomonidan e‘tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi 
    (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona 
    deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga 
    ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanadi. CHetdan olib kelinayotgan mahsulotning 
    xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda 
    «O‘zstandart»ni xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish yoki chet el 
    sertifikatini e‘tirof etish to‘g‘risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq 
    hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni taqiqlab qo‘yadilar.
    Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib 
    chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
    Quyidagi ishlar: 
    sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollari-ni, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini 
    ishlab chiqish; 
    sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bnlan ta‘minlash; 
    xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy 
    sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish; 
    sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish 
    hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish
    sertifikatlashtirish 
    yuzasidan 
    umumdavlat 
    ahamiyatiga 
    molik 
    ilmiy-tadqiqot 
    ishlari 
    ia 
    boshqa ishlar olib borish; 


    127 
    sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan 
    davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta‘minlanadi. 
    Tayyorlovchilarning 
    (tadbirkorlarning, 
    sotuvchilarning, 
    ijrochilarning), 
    sinov 
    laboratoriyalarining 
    (markazlarining), 
    sertifikatlashtirish 
    organlarining 
    majburiy 
    sertifikatlashtirish 
    qoidalariga rioya etishlari ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi na 
    nazoratini «O‘zstandart»ning davlat inspektorlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida 
    belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish