II Sertifikatlashtirishni o‗tkazish tartibi
8. O‗z SMTda mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
a) SO ga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‗rib chiqish;
b) taqdim etilgan mahsulot MH va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
v) ariza bo‗yicha qaror qabul qilish;
g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-chizmalardan tashqari);
d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish (6 va 9-
chizmalardan tashqari);
e) namunalarni ASL da sinovdan o‗tkazish (6 va 9-chizmalardan tashqari);
j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash (sertifikatlashning 3, 4 va 5-chizmalari
uchun);
z) sifat tizimini baholash (5 va 6-chizmalari uchun);
i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash (9-chizma);
k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad
etish;
l) muvofiqlik sertifikatini O‗zR SMT Davlat reyestrida ro‗yxatga olish.
9.
Taqdim
etilgan
mahsulot
uchun
MHda
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya,
fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‗lganda, SO sanitariya-epidemiologiya va
veterinariya
ekspertizalarini,
fitosanitariya
nazorati
yoki
ekologik
ekspertizadan
o‗tkazish
zarurligini aniqlaydi.
Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning o‗zida o‗tkazilishi mumkin
va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi
bilan tugallanishi lozim.
SO,
tadbirkorlik
subyektlarining
yozma
arizasiga
muvofiq,
sertifikatlashtirishni
o‗tkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va
o‗simliklar karantini bo‗yicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat
idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko‗rsatishga haqlidir. Bunda
namunalarni to‗g‗ri tanlab olinganligi va ularni tegishli davlat idoralariga taqdim etilishida
javobgarlik SO ga yuklatiladi.
10. SO arizachining talabiga muvofiq, quyidagi axborotlarni tayyorlashi va taqdim etishi
lozim:
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‗yxati yoki bu ro‗yxatdan
ko‗chirma;
SO ning akkreditatsiya doirasi bo‗yicha mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari;
sertifikatlashtirish xizmatlari bo‗yicha xizmatlariga haq to‗lash preyskuranti (tariflari);
―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasi.
11. Mahsulotni O‗z SMTda sertifikatlashtirishni o‗tkazish uchun arizachi mazkur
Qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan shaklda arizani tegishli SO ga yuboradi.
Arizachi mahsulotni sertifikatlashtirish organi va sertifikatlash qoidalari to‗g‗risida
ma‘lumotga ega bo‗lmagan taqdirda, bu to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni sertifikatlashtirish bo‗yicha
Milliy idora (keyinchalik matn bo‗ylab — SMI) dan yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
134
12. Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim
etilishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga me‘yoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‗lgan taqdirda);
mahsulot yorlig‗idan namuna yoki mahsulot to‗g‗risida ma‘lumot;
mahsulotning O‗zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‗g‗risidagi belgi
qo‗yilgan tovarga qo‗shib jo‗natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-
faktura);
amalda bor bo‗lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida
o‗tkazilgan sinovlarning natijalarini o‗z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov
bayonnomalari, MHda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari,
ekologik ekspertiza);
olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‗rsatilgan tashqi savdo shartnomasi
(kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‗rtasida tuzilgan kelishuv(lar)
nusxasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini
olishga ariza bergan bo‗lsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni
belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.
13. Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, chetdan keltirilgan mahsulotga respublikada
MH mavjud bo‗lmagan taqdirda, sifat ko‗rsatkichlari va xavfsizlik bo‗yicha sertifikatlash sinovlari
o‗xshash turdagi mahsulotga bo‗lgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotga zarur bo‗lgan MH yoki xavfsizlik
bo‗yicha texnik tavsiflar taqdim etilmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash o‗xshash turdagi
mahsulot hujjatlari bo‗yicha yoki identifikatsiya qilish orqali sanitariya-epidemiologiya xulosasi
asosida amalga oshiriladi.
MHga ega bo‗lmagan, sanitariya-epidemiologiya xulosasi talab etilmaydigan, shuningdek,
sinovlarni amalga oshirish uchun ASL mavjud bo‗lmagan taqdirda mahsulotlarni sertifikatlash
identifikatsiya yo‗li bilan o‗tkaziladi.
14. Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi
lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga MH nusxasi;
mahsulot yorlig‗ining namunasi (mahsulot to‗g‗risida axborot);
amalda bor bo‗lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida
o‗tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‗z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va MH
da belgilangan boshqa talablar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari,
ekologik ekspertiza).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni
olishga ariza taqdim etgan bo‗lsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-
epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‗ng beriladi.
15. Arizada ko‗rsatilgan mahsulotni sertifikatlash uchun ariza berilgan paytda
akkreditlangan SO mavjud bo‗lmagan taqdirda, ariza SMIga yoki uning hududiy organiga
sertifikatlash ishlarini tashkil etish va sertifikatlash sinovlari o‗tkaziladigan ASLni aniqlashi uchun
yuboriladi.
16. Arizada keltirilgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bir nechta SO mavjud bo‗lsa,
arizachi o‗zining xohishiga ko‗ra ularning bittasiga murojaat qilishi mumkin.
135
17. Ariza berilgandan so‗ng SO uni ko‗rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va
arizani olgandan keyin ikki kundan kechiktirmay, arizachiga mahsulotlarni sertifikatlashning
belgilangan tartibiga asoslanadigan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan
sertifikatlashtirish
chizmasi
va
sertifikatlashtirishni
amalga
oshirish
uchun
MH,
sinovlarni
o‗tkazadigan ASL ko‗rsatilgan qarorni ma‘lum qiladi. Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur
Qoidalarning 3- ilovasida* keltirilgan.
Sertifikatlashtiriladigan mahsulotning MHda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki
ekologik normalar va talablar mavjud bo‗lsa, qarorda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya,
fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani olish zarurligi ham ko‗rsatiladi.
18. Mahsulotga (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish
va berish muddati barcha zarur bo‗lgan hujjatlarni taqdim etilgan paytdan boshlab (sinov
bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya,
fitosanitariya, xulosalarni yoki ekologik ekspertizani) uch ish kunidan oshmasligi kerak.
19. Sertifikatlashtirishda MHning barcha talablarini tekshirish zarurligini SO har bir
muayyan holda, o‗zidagi qo‗shimcha hujjatlarni (sifat tizimiga yoki ishlab chiqarishga sertifikat,
vakolatli tashkilotlarda o‗tkazilgan sinov bayonnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya,
fitosanitariya
xulosalari,
ekologik
ekspertiza,
yetkazib
beruvchining
texnik
hujjatlari
va
boshqalar)ni hisobga olib aniqlaydi.
Bunda, sanitariya-epidemiologiya xulosalarini SO ga taqdim etishda, unga davlat
sanitariya nazorati idorasida bajarilgan sinov bayonnomalari bilan birga berilishi lozim.
Agar qo‗shimcha hujjatlarda ASL da muayyan ko‗rsatkichlar bo‗yicha o‗tkazilgan
sinovlarning natijalari mavjud bo‗lsa, u holda SO bu natijalardan qo‗shimcha sinovlarsiz
muvofiqlikni baholashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning o‗tkazilgan vaqti hisobga
olinib, ushbu muddat mahsulot MH bo‗yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.
20. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda SO arizachining takliflarini inobatga olgan xolda
sertifikatlashtiriladigan mahsulot tavsiflari ro‗yxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi. Agar
SO tomonidan sinovlar uchun tanlangan tavsiflar ro‗yxati mahsulotga tegishli bo‗lgan MH
talablaridan farq qilsa, u holda ariza bo‗yicha qarorda ushbu ko‗rsatilishi.
21. Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASLda o‗tkaziladi. Sertifikatlashtirish paytida
tegishli ASL mavjud bo‗lmagan taqdirda, SMI sertifikatlashtirish organining murojaatiga asosan,
sinov natijalarining obyektivligining ta‘minlovchi sinovlarni o‗tkazish joyini va sharoitlarini
aniqlaydi.
Mahsulotning
muayyan
turini
sertifikatlash
maqsadida
sinov
bayonnnomalarini
rasmiylashtirish va berish muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar
bo‗yicha o‗tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining
davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
22. Sertifikatlashtirishni o‗tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va
identifikatsiya qilish ariza berilgandan ikki kundan kechiktirilmagan muddatda SO tomonidan
joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
23. Namunalarning miqdori, tanlab olish, identifikatsiya qilish va saqlash tartibi majburiy
tartibda sertifikatlanadigan mahsulotning MHda, shu jumladan sinash metodlarida belgilanadi.
24. Respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulot to‗pidan sertifikatlash uchun tanlab
olinadigan namunalar sonini sinash usullari belgilangan MHga muvofiq sinovlarni o‗tkazishni
hisobga olgan holda SO aniqlaydi. Bunda akkreditlangan organlar va laboratoriyalar SMI
136
tomonidan chetdan keltirilgan mahsulotlardan namuna olishning cheklangan normalariga rioya
qilishi zarur.
25.
Sertifikatlashtirishga
taqdim
etilgan
mahsulot
namunalarini
tanlab
olishda
identifikatsiya qilish amali, mahsulotni sertifikatlash qoidalariga muvofiq, ushbu Qoidalarning 5-
ilovasiga* muvofiq
namunalarni
identifikatsiya
qilish
va
tanlab
olish
dalolatnomasini
rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Agar identifikatsiya natijalariga ko‗ra arizachi tomonidan taqdim etilgan namunalar MH
talablariga nomuvofiq yoki sertifikatlashtiriladigan mahsulot turi belgilangan namunada emasligi
ma‘lum bo‗lsa, namunalar tanlab olinmaydi va arizachiga asoslangan rad javobi beriladi.
26. Ishlab chiqariladigan mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish
dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bittasi arizachiga beriladi.
Bojxonada saqlanayotgan import tovarlarni sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab
olish SO tomonidan, bojxona organining mansabdor shaxsi va tovar egasi yoki uning vakili
ishtirokida o‗tkaziladi. Bunda SO vakili tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab
olish to‗g‗risidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ikkinchi nusxasini bojxona idorasiga taqdim
etiladi.
27. Arizachi o‗zining xohishiga ko‗ra sertifikatlanadigan mahsulotning texnik tavsiflarini
taqdim etishi mumkin.
Arizachi, shuningdek SO ga mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda
o‗tkazilgan sinov bayonnomalarini yoki O‗zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimidan
akkreditlangan yoki tan olingan mahalliy yoki xorijdagi sinov laboratoriyalari tomonidan amalga
oshirilgan sinovlar to‗g‗risidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
28. Arizachi yoki uning vakili iltimosiga ko‗ra, ASL da sinovlarni o‗tkazish sharoitlari
bilan tanishish imkoniyati berilishi lozim. Arizachi mahsulotini sinashda ishtirok etish huquqiga
ega. Bunda ASLda maxfiylikni ta‘minlash chora-tadbirlari ko‗rilgan bo‗lishi zarur.
29. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek, sinov
bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan ASL mas‘ul hisoblanadi. Sinov
bayonnomalari sinovlarni bajarish bo‗yicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL
rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
30. Sinov bayonnomalari arizachiga va SO ga taqdim etiladi. Agar mahsulotning sinovlari
alohida parametrlar bo‗yicha turli ASL da o‗tkazilgan bo‗lsa, u holda mahsulotning belgilangan
talablarga muvofiqligi bo‗yicha sinov natijalarining ijobiyligi, barcha ijobiy bayonnomalarning
mavjudligi hisoblanadi.
31. Sinovlarning salbiy natijalari, shuningdek hujjatlar to‗plami to‗liq taqdim etilmagan
taqdirda, SO arizachiga qonunchilikning aniq normalarini ko‗rsatgan holda muvofiqlik sertifikatini
berishni rad etganligi to‗g‗risida xulosa beradi.
Agar chetdan keltirilgan mahsulotning sifat va xavfsizlik talablari tasdiqlanmagan taqdirda
SO rasmiy ravishda murojaatchiga va Davlat bojxona qo‗mitasiga ushbu tovarni nomuvofiq
ekanligi to‗g‗risida xulosa taqdim etadi.
32. Sinash davrida butunlay yoki qisman buzilgan, shuningdek sinash davrida buzilmagan
mahsulot bo‗yicha hisobdan chiqarilganligi (qaytarib berilganligi) to‗g‗risidagi dalolatnoma
murojaatchi (yoki uning vakili) ishtirokida ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga* muvofiq tuziladi.
33.
Sertifikatlashtiriladigan
mahsulotni
ishlab
chiqarish
sharoitlarini
baholash
SO
tomonidan ishlab chiqilgan va ―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni
sertifikatlash qoidalarida belgilanadi.
137
O‗rganish
natijalari
bo‗yicha
muvofiqlik
sertifikatini
rasmiylashtirib
berishda
foydalaniladigan dalolatnoma tuziladi.
34. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‗rganish muddati namunalar tanlab olingan paytdan
boshlab 10 kundan oshmasligi kerak.
35.
Ishlab
chiqarish sharoitlarini o‗rganish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar muvofiqlik
sertifikatida keltiriladi.
36. SO sinov bayonnoma(lari), ishlab chiqarish sharoitlarini baholash va arizachi
tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‗rib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki
berishni rad etadi.
Sertifikatlashtirish jarayonini o‗tkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar bo‗yicha o‗tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu
mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
36
1
. Muvofiqlik sertifikati blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, javobgarligi
belgilangan
hujjat
hisoblanadi.
Muvofiqlik
sertifikati
blanki
ushbu
Qoidalarning
7-
ilovasiga* muvofiq tayyorlanadi va ―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan beriladi.
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
37. Sertifikat davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik
sertifikati O‗z SMT Davlat reyestrida ro‗yxatga olinadi. Ro‗yxat raqami mavjud bo‗lgandagina
sertifikat haqiqiy hisoblanadi.
39. Muvofiqlik sertifikati:
chetdan keltirilgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik muddatiga;
bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga — bir
kalendar yilidan oshmagan muddatga;
seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotga esa — 3 yil muddatga beriladi.
Muvofiqlik sertifikati bir xil nomdagi yoki o‗xshash mahsulotlar guruhiga beriladi va
uning amal qilishi haqiqatda O‗zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarning
miqdoriga taalluqli bo‗ladi, lekin muvofiqlik sertifikatida ko‗rsatilgan miqdordan ko‗p emas
(bunda, bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida — mahsulotning modeli, turi, artikuli
va (yoki) boshqa identifikatsiya belgilarini ko‗rsatgan xolda shartnoma bo‗yicha chetdan keltirilgan
mahsulotning hajmi (soni)ga).
40. Bahsli masalalarni hal etish, shuningdek ―O‗zstandart‖ agentligi tomonidan SO
faoliyatini inspeksiya nazorati maqsadlari uchun namunalarni tanlab olish dalolatnomalari, ishlab
chiqarishni baholash dalolatnomasi, sinov bayonnomalarining nusxalari, muvofiqlik sertifikatining
amal qilish muddati davomida, yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim. Sinov
bayonnomalarning
nusxalarini
saqlash
tartibi
va
muddatlari
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
qoidalarida va SO hamda sinov laboratoriyalarining hujjatlarida belgilanadi. Belgilangan saqlash
muddatlari tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki yo‗q qilinadi.
41. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish chizmasini
hisobga olgan holda, arizachiga muvofiqlik sertifikatini qo‗llash va muvofiqlik belgisidan
foydalanish
huquqini berish to‗g‗risida bitim tuziladi. Mazkur bitimda sertifikatlashtirilgan
mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alash usuli va inspeksiya nazoratining shartlari kelishib
olingan bo‗lishi kerak.
42. Sertifikatlangan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (qadoq, idish va yuk jo‗natuv
hujjatlari) tayyorlovchi-tashkilotning mas‘ulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alanadi.
138
43. Sertifikatlashtirilgan mahsulotning bir qismi, sertifikat aslining egasi yoki sertifikatni
bergan idora, yoxud notarial idora tomonidan imzo qo‗yib tasdiqlangan va muhrlangan muvofiqlik
sertifikatining nusxasi asosida, tayyorlovchi-tashkilot tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin.
Sertifikat aslining egasi tomonidan berilgan nusxalar mahsulotga qo‗shib jo‗natiladigan
hujjatga muvofiq ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Har bir nusxada uning qayd etilgan raqami, realizatsiya
qilinadigan mahsulotning miqdori ko‗rsatiladi.
44. Muvofiqlik sertifikati amalda bo‗lgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot
sertifikatlashtirilgan
deb
hisoblanadi
va
qayta
sertifikatlashtirilmaydi.
Mahsulot
sertifikatlashtirilganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va mahsulotga qo‗shib
yuboriladigan va ekspluatatsiya hujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi.
45. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish
muddati tugashidan kamida bir oy oldin, arizachi ishlab chiqarilayotgan mahsulotini qayta
sertifikatlashtirish maqsadida SO ga ariza berish huquqiga ega. Bunda SO inspeksiya nazoratining
natijalarini hisobga olib, sertifikatlashtirish chizmasini o‗zgartirishi mumkin.
46. Mahsulot konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga
mahsulotning tavsiflariga ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan, sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan
o‗zgartirishlar
rejalashtirilganda
tayyorlovchi-tashkilot
bu
to‗g‗risida
to‗g‗irlovchi amallarni
o‗tkazish zaruriyati yuzasidan qaror qabul qilish uchun SO ni xabardor qilishi lozim.
47. Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini bergan SO bir yilda
kamida
bir
marotaba
mahsulotning
sertifikatlashtirishda
belgilangan
talablarga
muvofiqligini
tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksiya nazoratini o‗tkazadi.
Inspeksiya nazoratida sertifikatlashtirishning chizmasiga qarab, mahsulotning sinovi va/yoki ishlab
chiqarish sharoitlarini baholash amalga oshiriladi.
48. Inspeksiya nazorati natijalari bo‗yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi va
muvofiqlik belgisini qo‗llash tasdiqlanishi, to‗xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
49. Sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan o‗tkaziladigan inspeksiya nazoratining hajmi,
inspeksiya nazoratini o‗tkazish qoidalarida belgilanadi.
50. SO sertifikatning amal qilishini to‗xtatilganligi yoki bekor qilinganligi va muvofiqlik
belgisining arizachi tomonidan qo‗llanilishi to‗g‗risida tayyorlovchini va SMIni xabardor qilishi
shart.
SMI tegishli davlat boshqaruv idoralariga va ommaviy axborot vositalariga bekor qilingan
sertifikatlar to‗g‗risida ma‘lumot berish zarurligini aniqlaydi.
|