• 5-moddada ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)
  • -moddada qonun hujjatlari va 3-moddada




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    2-moddada qonun hujjatlari va 3-moddada xalqaro shartnomalar va bitimlar qo‘llanish 
    tartibi belgilangan.
    4-moddada iste‘molchilarning asosiy huquqlari sanab o‘tilgan bo‘lib, jumladan: 
     tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va 
    to‘liq ma‘lumot olish; 
     tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi; 
     tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi; 


    130 
     hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, 
    ishlab 
    chiqaruvchi 
    (ijrochi, 
    sotuvchi)ning 
    g‘ayriqonuniy 
    harakati 
    (harakatsizligi) 
    tufayli 
    etkazilgan moddiy ziyon, ma‘naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi; 
     buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab 
    sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish
     iste‘molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
    Iste‘molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun 
    qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha 
    imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin. 
    5-moddada ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari 
    to‘g‘risidagi ma‘lumot xususida so‘z boradi: 
    Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida 
    iste‘molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma‘lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida 
    ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim. 
    Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish 
    tartibini iste‘molchilarga ma‘lum qilishi shart. Bunday ma‘lumot lavhada aks ettirilishi lozim. 
    Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma‘lumot savdo va xizmat ko‘rsatish 
    muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va 
    xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan 
    boshqa hollarda ham iste‘molchilar e‘tiboriga etkazilishi kerak. Sotuvchi (ijrochi) iste‘molchiga 
    tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘liq 
    ma‘lumot berishi shart. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish