―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi Qonun




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi Qonun. 
Bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlarda iste‘molchilarning huquqlari keng doirada 
himoya qilinadi. 1996 yil 26 apreldagi «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 
qonuni qabul qilinishi bilan iste‘molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asosi shakllandi. 
Qonun iste‘molchilarning manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan. Tayyorlovchi iste‘molchi 
oldida uning huquqlarini poymol qilganligi uchun qonun oldida javobgarligi, iste‘molchining 
mahsulot, xizmatlar va tayyorlovchi to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot olish huquqiga ega ekanligi, 
iste‘molchining sotib olayotgan mahsulotining sifatini tekshirishga haqqi borligi, yaroqlilik muddati 
davomida kafolatlangan xavfsizlikka ega ekanligini qonun nazarda tutadi. Iste‘molchining hayoti, 
sog‘ligi va atrof-muhitga xavf keltiruvchi tovarlar ishlab chiqarilganligi uchun quyidagilarning 
javobgarligi: tayyorlovchi, me‘yoriy hujjatni tasdiqlagan organ, muvofiqlik sertifikatini bergan 
organ, tabiatni saqlash, sog‘liqni saqlash organlari hamda tovarni ishlab chiqarishga ruxsat bergan 
organlarning javobgarligi qonunda keltirilgan. Ushbu qonun 30 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-
moddada qonunda qo‘llanilgan asosiy tushunchalar keltirilgandir.


129 
Jumladan: 
 iste‘molchi – foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste‘mol yoki boshqa 
maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan 
fuqaro (jismoniy shaxs); 
 ishlab chiqaruvchi – iste‘molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, 
tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor; 
 ijrochi – maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta‘mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat 
ko‘rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo‘yicha iste‘molchi uchun ishlar bajaradigan yoki 
xizmatlar ko‘rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi 
tadbirkor; 
 sotuvchi – oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste‘molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona
tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;
 shartnoma – tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda 
sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to‘g‘risida iste‘molchi bilan sotuvchi (ishlab 
chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi og‘zaki yoki yozma kelishuv; 
 tovar – ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste‘molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun 
mo‘ljallagan mahsuli, shu jumladan, import mahsuloti; 
 normativ hujjatlar – standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va 
qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya 
qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga 
va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni o‘z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar; 
 tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi – tovarni iste‘mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash
tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning 
odatdagi sharoitlarida iste‘molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar 
etkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq xavf xatarning yo‘qligi; 
 muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini 
tasdiqlovchi hujjat; 
 Tovar cheki – tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini 
tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va 
joylashgan manzili haqidagi ma‘lumot ko‘rsatilgan hujjat.
 Tovarni (ishni, xizmatni) iste‘molchidan qaytarib olish – agar tovar (ish, xizmat) iste‘molchi 
mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan 
amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarni 
(ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
 Tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish – ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos 
bo‘lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan har 
qanday chora;

Download 3,8 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi Qonun

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish