|
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”Bog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaSakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi
sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi 7 ta sxemalarga
qaraganda, ta‘minlovchining mas‘uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan
buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va
qat‘iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida
standart talablarga mos kelmasligi iste‘molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazilganida qo‘llaniladi.
Bu
ham
sertifikatlashtirish
qimmatbaho
metallardan
va
qotishmalardan
tayyorlanadigan
buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi.
Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning
tozaligini tekshirishdir.
To‘qqizinchi
sxema.
Mahsulotni
sertifikatlashtirishda
foydalaniladi
va
bayonotdan
o‘tkazishni hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlikni nazarda tutadi. Bu sxemada muvofiqlik
belgisini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi. YUqorida sanab
o‘tilgan sxemalarning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘liq
bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish
tizimlarini
boshqaruvchi
idora
muayyan
turdagi mahsulot sifatining
nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishni, iste‘molchi va savdo
talablarini e‘tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qoidalar va me‘yoriy hujjatlar asosida o‘z
ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi
mahsulotning sifatini nazorat qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini
bajaradi.
Hozirgi
paytda
Rossiya
Federatsiyasida
sertifikatlash-tirishning
1-10a
sxemalari
qo‘llanilmoqda. Ushbu sxemalarning qo‘llanishiga doir quyidagi ma‘lumotlarni keltirish mumkin:
|
| |