131
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni
realizatsiya qilish ma‘lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi
bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Qonunning 7-moddasida tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma‘lumot berilgan taqdirda
iste‘molchining huquqlari sanab o‘tilgan.
Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma‘lumot
berilganligi: zarur iste‘mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat)
sotib olinishiga sabab
bo‘lsa, iste‘molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab
qilishga haqlidir;
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa,
iste‘molchi tegishli ma‘lumot oqilona qisqa (ko‘pi bilan uch kunlik)
muddatda berilishini talab
qilishga haqlidir. Agar ma‘lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste‘molchi shartnomani bekor qilib,
zararning qoplanishini
talab qilishga haqlidir;
iste‘molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, u
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga
haqlidir.
Iste‘molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan
ma‘lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovar (ish,
xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste‘molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga
asoslanib qarab chiqiladi.
Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste‘molchiga
yetkazilgan
zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.