144
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya;
mahsulot sinovi;
8-modda. Akkreditatsiyani amalga oshirish
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‗lgan yuridik
shaxslarning vakolatli
ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‗lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab
chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni tekshiruvlar o‗tkazish yo‗li
bilan
baholashni o‗z ichiga oladi.
9-modda. Muvofiqlikni deklaratsiyalash
Muvofiqlikni deklaratsiyalash — mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar,
shuningdek
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ishlab
chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi tomonidan tasdiqlash.
10-modda. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
Inspeksiya
nazorati
Milliy
akkreditatsiya
organi,
muvofiqlik
sertifikatini
bergan
sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya
nazorati natijalariga ko‗ra muvofiqlik sertifikatini yoki akkreditatsiya to‗g‗risidagi guvohnomani
tasdiqlash, uning amal qilishini to‗xtatib turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor
qilish to‗g‗risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin.