|
-modda. Sertifikatlashtirishni, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirishBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua11-modda. Sertifikatlashtirishni, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish
vaqtidagi
inspeksiyani,
mahsulot
sinovini,
sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini yoki ekologik ekspertizani amalga oshirish
Sertifikatlashtirish, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya,
mahsulot
sinovi,
sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya,
fitosanitariya
xulosalari yoki ekologik ekspertiza qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, xodimlarning
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalariga
ko‗ra amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash majburiy yoxud
ixtiyoriy tusda bo‗lishi mumkin.
13-modda. Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili
Muvofiqlikni
baholash
qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash sohasidagi
tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini o‗z ichiga
oladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‗yicha ekspert-auditorlar va (yoki) tegishli
tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga
yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega bo‗lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi
mumkin.
14-modda. Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
O‗zbekiston Respublikasidan tashqarida o‗tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini
O‗zbekiston Respublikasida tan olish O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga
olingan holda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
|
| |