147
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi va ularga
akkreditatsiya to„g„risida guvohnoma beradi;
21-modda. Akkreditatsiya shartlari
Quyidagilarning mavjudligi akkreditatsiya shartlaridir:
akkreditatsiya qilinish uchun ariza;
akkreditatsiya qilish so„ralgan sohadagi ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya
qilinishga talabgor bo„lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
akkreditatsiya bilan bog„liq xarajatlar to„langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilinishga talabgor bo„lgan yuridik
shaxslar muvofiqlikni baholash obyektlarining ishlab chiqaruvchilari, sotuvchi lari, ijro
qiluvchilari va iste‟molchilariga nisbatan tashkiliy hamda moddiy jihatdan tobe bo„lmasligi
kerak.
Qonun hujjatlarida akkreditatsiyaning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.