|
muvofiqlik to‗g‗risidagi deklaratsiyaBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuamuvofiqlik to‗g‗risidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi
mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
muvofiqlikni tasdiqlash — normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy
akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga
asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya to‗g‗risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va
muvofiqlik to‗g‗risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka
va malakaga ega bo‗lgan mutaxassislar.
4-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‗lig‗i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki
xavfsizligini ta‘minlash;
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini
ta‘minlash;
mahsulot,
ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarning
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
muvofiqlikni
baholash
organlari
akkreditatsiyaning
belgilangan
sohasida
ishlarni
bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish;
xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda ishtirok etish;
savdodagi texnik to‗siqlarni bartaraf etish.
5-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo‗llash;
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga
to‗siqlar qo‗yishga va ular o‗rtasidagi raqobatni cheklashga yo‗l qo‗ymaslik;
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo‗riqlanadigan boshqa sirning saqlanishi;
|
| |