-modda. Asosiy tushunchalar




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi: 
akkreditatsiya — 
yuridik 
shaxslarning 
muayyan 
faoliyat 
sohasida 
muvofiqlikni 
baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan 
rasman tasdiqlash; 
akkreditatsiya sohasi — muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog‗ida Milliy 
akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment 
tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-
taomili; 
inspeksiya organi — yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi 
inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o‗tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan 
yuridik shaxs; 
milliy akkreditatsiya tizimi — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish 
qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko‗rsatuvchi 
tizim; 
muvofiqlikni baholash — mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment 
tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash 
bo‗yicha faoliyat; 
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxs bo‗lgan va muvofiqlikni baholashga 
doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov 
va 
kalibrlash 
laboratoriyalari 
(markazlari), 
mahsulotni, 
xizmatlarni, 
menejment 
tizimlarini, 
xodimlarni sertifikatlashtirish organlari


143 

Download 3,8 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish