125
Reja:
1.
Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish
2.
Sertifikatlashtirish sxemalari
3.
―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi Qonuni.
Tayanch so‘z va iboradar: majburiy sertifikatlash, ixtiyoriy sertifikatlash, sertifikatlashtirish
sxemalari.
Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish.
Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish. Qonunning 17-18-19moddalarida
ixtiyoriy sertifikatlashtirish, uni amalga oshiruvchi sub‘ektlar, ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari
haqida ma‘lumotlar berilgan. Jumladan, har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga
muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy
sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkinligi;
ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «O‘zstandart» belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya
qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli ekanligi;
sertifikatlashtirish
qoidalari
va
tartibini
belgilovchi
ixtiyoriy
sertifikatlashtirish
tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «O‘zstandart» bilan kelishgan holda belgilashi belgilab
qo‘yilgan.
Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish «O‘zstandart» zimmasiga yoki
uning topshirig‘iga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya
qilgan holda) yuklatiladi.
Sertifikatlashtirilishi
shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-
muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni tayerlash, ulardan foydalanish, ularni
tashish yoki saqlash xavfsizligini ta‘minlovchi talablar bo‘lmagan taqdirda davlat boshqaruvining
tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Majburiy sertifikatlashtirish normativ hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini
aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati
o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli
normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli
sertifikatlashtirish
organlari
ishlab
chiqqan
usullarda
amalga
oshiriladi.
Majburiy
sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi.
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga sarflagan mablag‘lar
summasi shu mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo
muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotni targ‘ib qilish man etiladi.