124
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 dekabrdagi 427-sonli
―O‘zbekiston Respublikasiga iste‘mol tovarlarini olib kirishni takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlarni tatbiq etish haqida‖gi qarori;
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli
―Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
togrisida‖gi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli
―Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini
takomillashtirish soha-tadbirlari to‘g‘risida‖ qarori.
Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi me‘yoriy hujjatlari
―O‘zstandart‖ agentligi O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy
organi bo‘lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro me‘yorlar va
standartlar bilan uyg‘unlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni o‘rnatadi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Vazirlar
Mahkamasi
bilan
kelishilgan
holda
sertifikatlashtirishning
xalqaro
tizimlariga
qo‘shilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish
xususida kelishuvlar tuzadi;
O‘zga davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlanishi majburiy
bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish milliy tizimiga rahbarlik qiladi;
mahsulot, ishlar va xizmatlarni majburiy sertifikatsiyalashtirish xususidagi qonunchilikka rioya
etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
bir xildagi mahsulot sertifikatsion tizimi, sertifikatlangan mahsulot, sifat tizimlari, sifat bo‘yicha
ekspert-auditorlar davlat reestrini olib boradi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar olib borishni Sinovlar va sertifikatlashtirish Respublika
markazi (hududiy bo‘linmalari bilan) va bir xildagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha
akkreditatsiyalangan
organlar
amalga
oshiradi.
Sertifikatlashtirish
sohasidagi
ishlarni
muvofiqlashtirish va rahbarlikni moslikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosatni boshqarish
boshqarmasi amalga oshiradi.