|
Sertifikatlangan mahsulotlar sifatini ta’minlash va boshqarish
|
bet | 1/7 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 26,49 Kb. | | #110898 |
Bog'liq Maxsulot sifatini boshqarish
Maxsulot sifatini boshqarish
Reja:
1. Mahsulotlar sifati to’g’risida tushuncha
2.Mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarishda sertifikatlashtirishning ahamiyati
3. Sifatni boshqarish tizimlari
4.Sifat tizimlarining sertifikatlash-tirishdan o’tkazish
1. Mahsulotlar sifati to’g’risida tushuncha
Ma’lumki, mahsulot sifati uning hayotiy bosqichlarida-tadqiqot qilish va loyihalash, ishlab chiqarish va iste’mol qilishda (muomalada) shakllanadi.
Sifat - bu obektning ta’rif yoki tavsiflari majmui bo’lib, belgilangan va ko’zda tutilgan talablarni qondirish xususiyatidir yoki bo’lmasa sifat deb, iste’molchi talabini qondirish darajasiga aytiladi.
Ishlab chiqarish ob’ektlarida mahsulot sifati deganda, ushbu mahsulotni me’yoriy hujjatlar talabiga muvofiqligi tushuniladi.
Iste’mol tovarining sifati deb, uni nominal sharoitda o’z vazifasi bo’yicha iste’mol qilishda yoki ishlatishda xaridorlar (iste’molchilar)ning malum ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlarining majmuiga aytiladi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, sifat bu mahsulotning ijobiy ko’rsatkichlari yig’indisi yoki sifat mahsulotning iste’mol xususiyatlarini belgilab beruvchi mezonlar majmui ekan.
«Sifat» tushunchasiga assortiment to’laligi va xilma-xilligini ham qo’shish mumkin, chunki bular iste’molchilar talablarini to’liq qondirishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Agar sifatni faqat tovarning me’yoriy hujjatlar tomonidan belgilangan talablarga mos kelishini belgilovchi omil sifatida qaraydigan bo’lsak, u holda biz faqatt ishlab chiqarish sifati tushunchasini ta’riflagan bo’lamiz, xolos. Shuning uchun ham «sifat» tushunchasi keng ma’noga ega.
Mahsulot sifatiga talab va taklif ham bog’liq bo’ladi.
Chunki, yuqori sifatli mahsulot yoki tovar aholi talabini qondiradi va yuqori talabga ega bo’ladi. Sifatsiz tovar esa, savdo shaxobchalarining peshtoqlarida turib qoladi va aholi talabiga ega bo’lmasdan, natijada korxona yoki xususiy tadbirkorni inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi.
Mahsulot sifatini oshirish yoki yaxshilash - bu respublikamiz xalq xo’jaligining asosiy vazifalaridan biridir. Tayyor mahsulot sifatini yaxshilash yoki bajarish bilan uning iste’mol qilish muddati o’zayadi, tannarxi va mehnat sarfi kamayadi, jahon bozorida raqobatbardoshligi oshadi, korxona iqtisodiyoti yaxshilanadi va iste’molchining talabi to’laroq qondiriladi.
Shuning uchun ham tovar (mahsulot) sifati davlat miqyosida rejalashtirish va sifatni boshqarish ob’ekti hisoblanadi. Shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash, mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keladi.
Tovar (mahsulot) sifatining yuqoriligi u yoki bu ishlab chiqarish tarmog’ida fan, texnika va texnologiyaning yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi.
Mahsulot sifatini yaxshilash va uni ta’minlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi, chunki bu vazifa bozor iqtisodiyoti yoki munosabatlarining talablaridan kelib chiqadi.
Respublikada amal qilayotgan qonun qoidalarga asosan iste’molchilar talabi va amaldagi moddaga mos kelmaydigan past sifatli mahsulot ishlab chiqargan korxonaga nisbatan iqtisodiy jarima (sanksiya)lar qo’llaniladi. Agar bunga ishchilar aybdor bo’lsa, u holda ularga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy jazolar qo’llaniladi.
Mahsulot sifatining shakllanishida unga juda ko’plab omillar ta’sir etadi va bu omillar shartli ravishda texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarga bo’linadi. Bu omillar o’z navbatida ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratiladi. Ob’ektiv omillarga ko’proq texnik omillar kiradi: buyum konstruksiyasi, ishlab chiqarishni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish bazasining texnik darajasi, nazoratning texnik vositalari, zamonaviy texnologiya va boshqalar.
Sub’ektiv omillarga inson faoliyati bilan bog’liq omillar (kishilarning qobiliyati, ishlab chiqarish vazifalari (funksiyalari)ni bajarishga munosabati) kiradi.
Texnik omillarga asbob-uskunalarning jihozlanishi, nazorat vositalari va texnik hujjatlarning holati, dastlabki materiallar hamda yarim fabrikatlarning siyosati yangi texnik vositalar (jihozlar)ning mavjudligi, dastlabki materiallar hamda yarim fabrikatlarning sifati va shunga o’xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillar rejali va bir maromda ishlash, texnik xizmat va jihozlarni ta’mirlash, materiallar, butlovchi buyumlar, jihozlarni texnologik hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish kabi omillarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy omillar mehnatga xaq to’lash shakllari, oylik maoshining miqdori, yuqori sifatli mahsulot va ishni rag’batlantirish, mahsulot yaroqsizligi uchun ish haqidan ushlab qolish, mahsulotning sifat darajasi, tannarxi va bahosi kabi omillardan tashkil topadi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy texnik ijod, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, jamoaning turmush sharoitlari, o’zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik muhit va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Bu omillar sifatiga alohida yoki birgalikda ta’sir etishi mumkin.
|
| |