|
Sertifikatlangan mahsulotlar sifatini ta’minlash va boshqarish
|
bet | 5/7 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 26,49 Kb. | | #110898 |
Bog'liq Maxsulot sifatini boshqarishTashkilot - bu filial yoki mustaqil bo’lgan jamoa yoki shaxsiy kompaniya, korporatsiya, firma yoki korxona. Kompaniya - bu mahsulot yoki xizmat bilan ta’minlovchi birinchi tomon.
Iste’molchi – bu foydalanuvchi, buyurtmachi, mijoz yoki qabul qilib oluvchi shaxs yoki korxona (faoliyat).
Jamiyat talablari - qonunlar, qonun hujjatlari, qonunlar to’plami, jamiyat talab va qoidalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, inson sog’ligini saqlash, xavfsizlik omillari hamda energiya va materiallarni tejash mezonlaridir.
Mahsulot sifatini ta’minlash, uni boshqarish va oshirish bo’yicha mas’uliyatlar, resurslar (insoniy, texnik, mehnat va boshqalar), texnologik jarayonlar, sifatni boshqarish yo’nalishlari va mahsulot hayotining umumiy davri sifat tizimi elementlari hisoblanadi. Shuning uchun ham sifat tizimining elementlari va mahsulot sifatini ta’minlash, oshirish hamda boshqarish bo’yicha bajariladigan vazifalar (ishlar) korxona (kompaniya) ishlab chiqarayotgan mahsulot assortimenti va texnologik jarayonlarining murakkabligi bilan o’zaro bog’liq bo’ladi.
ISO 9004-87 (Obщee rukovodstvo kachestvom i standartы po obespecheniyu kachestva) xalqaro standartida ko’rsatilishi bo’yicha korxona sifat tizimlarini ishlab chiqishda qo’llanishi mumkin bo’lgan elementlar quyidagilardan iborat: - dalillar (isbotlar);
korxona sifat tizimida ishlatiladigan asosiy tushunchalar;
sifat bo’yicha rahbariyatning mas’ulligi yoki mas’uliyatlar;
sifat tizimining yo’nalishlari (tamoyillari);
iqtisod va sifatni ta’minlash harajatlari bo’yicha fikr va mulohazalar;
marketing doirasidagi sifat;
texnik shartlarni loyihalash va ularni ishlab chiqishdagi sifat;
moddiy texnik-ta’minot sifati;
ishlab chiqarish jarayonidagi sifat; - ishlab chiqarishni boshqarish;
mahsulot nazorati yoki tekshiruvi;
nazorat - o’lchash texnik vositalari va sinash jihozlarini ta’minlash bo’yicha ishlar;
nomuvofiqlik;
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar;
mahsulotni ortish va tushirish ishlari hamda ishlab chiqarishdan so’nggi operatsiyalar;
hujjatlar va sifat to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatga olish;
xodimlar (ishchi, mutaxassis, rahbar);
mahsulot xavfsizligi va yuridik mas’uliyat; - statistik uslublarni qo’llash.
Sifat tizimining «Dalillar (isbotlar)» moddasida korxona sifat tizimini ishlab chiqishda foydalaniladigan quyidagi me’yoriy hujjatlar manbalari ko’rsatilgan:
ISO 8402. Sifat. Lug’at;
ISO 9000. Sifatga umumiy rahbarlik qilish va sifatni ta’minlash bo’yicha standartlar. Tanlash va qo’llash bo’yicha rahbariy ko’rsatmalar;
ISO 9001. Sifat tizimlari. Loyihalash va tuzish, ishlab chiqarish, montaj qilish va xizmat ko’rsatishda sifatni taminlash uchun andoza (model);
ISO 9002. Sifat tizimlari. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash uchun andoza (model);
ISO 9003 Sifat tizimlari. Oxirgi nazorat va sinashda sifatni ta’minlash uchun andoza (model);
Sifat tizimining «Korxona sifat tizimini ishlab chiqishda qo’llaniladigan tushunchalar» moddasidagi tizimda qo’llaniladigan atama va tushunchalarning ta’rifi berilgan. Bular quyidagilardan iborat:
tashkilot - filial yoki mustaqil bo’lgan jamoa yoki shaxsiy kompaniya, korporatsiya, firma yoki korxona;
kompaniya (korxona) - mahsulot yoki xizmatni etkazib beruvchi (ta’minlovchi) birinchi tomon;
jamiyat talablari - qonunlar, qonun hujjatlari, qonunlar to’plami, jamiyat talablari va qoidalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, inson sog’ligini saqlash,
xavfsizlik omillari, energiya va materiallarni tejash mezonlari;
iste’molchi - oxirgi iste’mol qiluvchi, foydalanuvchi, buyurtmachi, mijoz, oluvchi yoki ikkinchi tomon.
Ushbu standartning «Sifat bo’yicha rahbariyat mas’uliyati» moddasida korxona (kompaniya) rahbariyatining sifat sohasidagi korxona siyosati va uning maqsadini shakllantirishdagi mas’uliyatlari hamda sifat tizimining ishlash shartlari ko’rsatilgan. «Sifat tizimlari yo’nalishlari (tamoyilari)» moddasida esa, sifat tizimiga asos qilib olingan yo’nalishlar, mahsulotning hayot davri bosqichlari, sifat tizimining tuzilishi, tizim hujjatlari, sifat tizimini nazorat qilish, sifat bo’yicha umumiy rahbarlik, tahlil qilish va baholash me’zonlari ko’rib chiqilgan.
Sifat tizimining «Iqtisod va sifatni ta’minlash harajatlari bo’yicha mulohazalar» moddasida kerakli tizim elementlarini tanlash, sifat bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan harajatlarga umumiy tushunchalar va ularni ta’minlash bo’yicha umumiy ko’rsatmalar tartibi ko’rsatilgan. «Marketing doirasida sifat» moddasida esa mahsulot sifatini belgilovchi iste’molchilar va bozor talablari hamda iste’molchilar tomonidan mahsulot sifati to’g’risida ma’lumotlar olish va tahlil qilish tartiblari ko’rsatib berilgan.
«Nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun ta’sir etish tartiblari» moddasida kamchilik yoki nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun mas’ul xodimlar tayyorlash, ularnipg muhimligini baholash, umuman nomuvofiqliklar muammosini o’rganish va ularni oldini olish chora-tadbirlari hamda texnologik jarayonlarni boshqarish bo’yicha harakat turlari va nomuvofiq mahsulotlarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish tartiblari ko’rsatib berilgan.
Sifat tizimining «Ortish va tushirish ishlari va ishlab chiqarishdan so’nggi operatsiyalar» moddasida ortish-tushirish ishlari, omborga joylash, ajratish, markalash, o’rab-bog’lash, qadoqlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan ishlar to’g’risida ko’rsatmalar berilgan. «Hujjatlar va sifat to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatga olish» moddasida boshqarish jarayonlarida ishlatiladigan va ro’yxatdan o’tkaziladigan hujjatlar ro’yxati keltirilgan.
Ushbu tizimning «Xodimlar» moddasida xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini baholash va rag’batlantirish tartiblari ko’rsatib berilgan.
«Mahsulot xavfsizligi va yuridik mas’uliyat» moddasida mahsulot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha yuridik mas’uliyatlar va «Statistik usullarni qo’llash» moddasida ushbu uslublarni qo’llash sohalari ko’rib chiqilgan va boshqalar.
|
| |