|
Mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarishda sertifikatlashtirishning ahamiyati
|
bet | 2/7 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 26,49 Kb. | | #110898 |
Bog'liq Maxsulot sifatini boshqarish 2. Mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarishda sertifikatlashtirishning ahamiyati
Mahsulot sifatini ta’minlash, uning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish va uni boshqarish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish muhim rol o’ynaydi, chunki faoliyatning bu yo’nalishi mahsulot sifatini oshirish va ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga va dunyo standarti darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqishini ta’minlash, jahon bozoriga chiqish hamda ichki bozorni egallashga yo’l ochib beradi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 1995 yilda O’zbekiston Reepublikasi Oliy Majlisining 1-sessiyasida so’zlagan nutqida respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim masalalari hakida: «YA’ni, bir dolzarb masala ishlab chiqarishni kengaytirish, dunyo standarti darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini oshirishdir» degan edi.
Prezidentimizning ushbu so’zlari mamlakatimizni bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishida dasturi amal bo’ladi desak, xato qilmagan bo’lamiz, chunki bozor munosabatlarining talablaridan biri, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ta’minlashdan iborat. Allbata, bu muammolarni hal etishda standartlashtirishning ham o’z roli bor. Standar tashtirish mahsulot (xizmat)ning belgilangan darajada funksional vazifasiga mos kelishi darajasini oshirish, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etish va ilmiy-texnik o’sishni ta’minlaydi. Shuningdek, mahsulot (xizmat) sifatga talablar va me’yorlar belgilaydi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mahsulot sifatini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. Metrologiya mahsulot (xizmat)lar sifatini ilmiy-texnik nazorat qilishning asosi hisoblanadi. Qaerda mahsulot holati, o’lchamlari zamonaviy ishlash va o’lchash vositalari orqali aniqlansa, o’sha erda yuqori sifatga erishish mumkin.
Mahsulot (xizmat)ni sertifikatlashtirish esa ularni standartlar talablariga javob berishini isbotlovchi ish tartiblarini belgilaydi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash gorovi hisoblanadi.
Mahsulot (xizmat) sifatiga qo’yiladigan talablar ham standartlar va standartlashtirishning boshqa me’yoriy hujjatlari orqali belgilanadi. Standartda fan, texnika va xalqaro tajribaning ilg’or yutuqlari shakllanadi, chunki standartlarni tuzishda mahsulot sifatiga qo’yiladigan ichki va tashqi bozor, inson hayoti, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsizlik talablari belgilanadi. Shuningdek, milliy standart va texnik shartlarning xalqaro, mintaqaviy va MDH davlatlararo standartlari bilan uyg’unlashtirish ham sifatni yaxshilash, uni ta’minlash va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mahsulot uchun mo’ljallangan standart talablariga qat’iy rioya qilish (ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish paytlarida) mahsulot sifatini talab darajada ta’minlashga ko’plab imkon yaratib beradi. Standartlar mahsulot sifatini ta’minlash uchun: birinchidan - mahsulot ishlab chikarish bo’yicha ko’p marta takrorlanib turiladigan texnologik jarayonlar va uning sifatiga qo’yiladigan talablarni aks ettirishi; ikkinchidan - eng yaxshi maqbul echimga asos bo’lishi; uchinchidan - amalga kiritilgan standart ma’lum muddat davrida o’zgarmaydigan hamda samarali bo’lishi va shunga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lishi shart.
Standartlashtirishning ushbu xususiyatlaridan oxirgisi (o’zgarmaydigan va samarali bo’lishi) e’tiborga ko’proq loyiq, chunki standart tez-tez o’zgaruvchan va samarasi pasaysa, u holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati ham pasayadi, sifatni ta’minlab bo’lmaydi va oxirida ishlab chiqarishning ham samaradorligi kamayadi, nihoyatda uni inqirozga uchrashiga ham sabab bo’ladi. Shuning uchun standartlar ham muntazam ravishda baholanib turiladi, kerak bo’lsa qayta ko’rib chiqiladi, kerakli o’zgartirishlar kiritiladi, bekor qilinadi yoki uning o’rniga fan va texnikaning ilg’or yutuqlariga asoslangan yangi standartlar yaratiladi.
Hozirgi kunda ham yangi ishlab chiqariladigan va amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos keladigan mahsulotning sifatini yanada yaxshilash va uni ta’minlash hamda boshqarish ustida samarali ishlar olib borilmoqda. Bunday chora-tadbirlar ichki va tashqi bozor, inson hayoti, uning mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz va jamiyat talablariga muvofiq keladigan mahsulot ishlab chiqarishda muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ko’plab me’yoriy hujjatlar va ilmiy manbalarda mahsulot yoki xizmatga nisbatan «sifatni oshirish yoki yaxshilash», «sifatni ta’minlash», «sifatni boshqarish» kabi atamalar yoki tushunchalar ishlatiladi.
|
| |