Sertifikatlangan mahsulotlar sifatini ta’minlash va boshqarish




Download 26,49 Kb.
bet3/7
Sana04.12.2023
Hajmi26,49 Kb.
#110898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maxsulot sifatini boshqarish

Sifatni ta’minlash deb, mahsulot yoki xizmat sifatiga belgilangan ma’lum talablarni qondirishga ishonch hosil qilish uchun davriy ravishda rejalashtiriladigan va o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuiga aytiladi.
Sifatni ta’minlash bo’yicha o’tkaziladigan chora va tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • bozorni o’rganish;

  • xom ashyo va materiallar etkazib beruvchi korxonalarni qayta tayyorlash; - ishchi xodimlar va mutaxassislarni yangi texnologiya talablariga muvofiq malakasini oshirish;

  • texnologik jihozlar qismlarini o’z vaqtida almashtirish va ularga texnik xizmatlar ko’rsatish;

  • o’lchash vositalarining holatini o’rganish va ularni qiyoslashdan o’tkazish;

-sifat tizimlarini qayta ko’rib chiqish va ularni xalqaro sifat tizimlari bilan uyg’unlashtirish va boshqarish.
Mahsulotni yaratish, ishlatish yoki iste’mol qilish davrida uning sifatini aniqlash, ta’minlash va etarli darajada saqlash bo’yicha o’tkaziladigan ishlar majmuini sifatli boshqarish jarayonini tashkil etadi.
Mahsulot sifatini boshqarish sifat tizimi bo’yicha belgilangan xalqaro standartlarni qo’llash orqali mahsulot (xizmat) sifati va raqobatbardoshligini oshirish choralarini ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etishda ijobiy yondashishni ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish hayotiy davriniig boshlang’ich, ya’ni tadqiqot va loyihalash hamda ishlab chiqarish bosqichlarida bajariladigan texnik va boshqa jarayonlarni puxtalik bilan amalga oshirishga qaramasdan, mahsulotni ko’p partiyali yoki seriyali ishlab chiqarishda uning sifati bo’yicha ayrim kamchiliklar (cheklanishlar) paydo bo’lishi mumkin. Bu kamchiliklar yoki cheklanishlarning kelib chiqishiga ob’ektiv va sub’ektiv omillar sabab bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish texnologiyasining talab darajasida emasligi yoki eskirishi, jihoz va asbob-uskunalarning eskirishi yoki bo’zilishi, ishlab chiqarish bazasining texnik, darajasining talabga javob bermasligi, ishchi xodimlar va mutaxassislar malakasining pastligi yoki ularning o’z vazifalariga layoqatlik bilan qarashi, xom ashyo va materiallar sifatining talab darajasidan pastligi, tayyor mahsulotni saqlash rejimining bo’zilishi va boshqalar.
Mahsulot sifatini pasayishi yoki uning sifatida ayrim cheklanishlarning kelib chiqishi ishlab chiqarish korxonasidagi davlat, ishlab chiqarish va texnologik intizomning bo’zilishi hamda ishchi va rahbar xodimlarning mahsulot sifati ta’minlashdagi mas’uliyatlari bilan o’zaro bog’liq.
Har bir mahsulot sifatidagi cheklanishlar yoki ayrim kamchiliklar me’yoriy hujjatlarda belgilangan chegaradan chiqmasa, u holda bunday cheklanishlar pyxsat etiladigan cheklanishlar deyiladi va bu mahsulot realizatsiya qilish uchun yaroqli hisoblanadi. Aks holda esa, mahsulot nuqsonli deb ataladi va bunday mahsulotni realizatsiya qilish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Mahsulot sifatida to’zatib bo’lmaydigan nuqsonlar (kamchiliklar) mavjud bo’lsa, bunday mahsulot sifatspz (yaroqsiz) yoki brak deyiladi. Bunday mahsulotni muomalaga chiqarish mumkin bo’lmaydi.
Shunday qilib, sifatni boshqarish yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ya’ni mahsulot sifatini me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablariga moslashtirish bo’yicha qo’llaniladigan uslublar va faoliyatdan iborat ekan.
Sifatni boshqarish bir vaqtning o’zida jarayonni boshqarish va maqbul iktisodiy samaraga erishish uchun mahsulot hayot davrining tegishli bosqichlarida qilingan noto’g’ri harakat sabablarini bartaraf etishga qaratilgan tezkor xarakterdagi uslub va faoliyat turlarini ham o’z ichiga oladi.
Sobiq ittifoq respublikalarida qabul qilingan metodologiya cheklanishlarni aniqlash, ularning sabablarini bartaraf etish, mahsulotni nazoratdan o’tkazish, cheklanish va iste’molchilar takliflarini inobatga olish hamda ular asosida qarorlar qabul qilishga asoslangan.
Sifatni boshqarish bo’yicha qarorlar kundalik mavjud va bundan oldin to’plangan malumotlar asosida to’zilib, cheklanishlar sabablarini bartaraf etishga qaratilgan va aniq yozilgan bo’lishi kerak. Qarorda mas’ul xodimlar va bajarish muddatlari ko’rsatilishi shart. Bunday qarorlar mahsulot hayot davrining har bir bosqichi bo’yicha alohida-alohida qabul qilinadi.
Ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasida ishlab chiqarish texnologiya jarayonlarini boshqarish nazorat kartalarini qo’llash asosida statistik uslublar yordamida amalga oshiriladi. Bunday usul mahsulot sifati va boshqa ko’rsatkichlaridagi cheklanishlarning sababini oldindan bartaraf etish hamda sifatsiz (nuqsonli) mahsulot ishlab chiqarishning oldini olish uchun imkon yaratib beradi.
Demak, mahsulotdagi mavjud nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini maksimal darajada bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni amalga oshirish sifatni boshqarishning asosiy mohiyati hisoblanar ekan.
Sifatni boshqarish ob’ektiga qayta ishlab chiqarishni shakllantirish jarayonlari, boshqarishning barcha darajalarida mahsulot sifatini saqlash va qayta tiklash hamda mehnat vositalari va predmetlari, mehnat resurslari, mehnat sifati, ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar kiradi.
Sifatni boshqarish ob’ektiga 9000 seriyali xalqaro standartlarning mafkurasi (ideologiyasi)ga asosan korxona (kompaniya) yoki tashkilotning sifat tizimlari ham kiradi, chunki sifatni ta’minlash bo’yicha ularda belgilangan chora-tadbirlar bozor va iste’molchi talablari va texnologik jarayonlarning o’zgarishi asosida o’zgartiriladi.
Sifatni boshqarish me’yorlari yoki vositalariga quyidagilar kiradi: mahsulot sifat ko’rsatkichlari va maqsad muvofiqligiga reglament belgilovchi me’yoriy hujjatlar, mehnat jarayonlarini boshqarish va tashkil qilish vazifalari (funksiyalari), nazorat-sinov, o’lchash, ma’lumotlar beruvchi (spravochnыe) va hisoblash vositalarini o’z ichiga oluvchi axborotlar va metrologik ta’minotlar.
Mahsulot sifatini rejalashtirish va prognoz qilish, mahsulotni attestatsiyalash, mahsulot ishlab chiqarishini tadbiq qilish va yo’lga qo’yish, sifatni oshirganligi uchun iqtisodiy rag’batlantirish, sifatni nazorat qilish va metrologik ta’minot sifatni oshirish elementlari hisoblanadi.

Download 26,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 26,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sertifikatlangan mahsulotlar sifatini ta’minlash va boshqarish

Download 26,49 Kb.