MODUL. SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3 MODUL. SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI. 
21-MA‘RUZA: SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA ASOSIY 
TUSHUNCHALAR VA SERTIFIKATLASHTIRISHNING HUQUQIY 
ASOSLARI. 


116 
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki 
texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, 
ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste‘molchini ishontiradigan 
tegishli hujjat - sertifikat beriladi. 
Sertifikatlashtirishning milliy tizimi - davlat miqyosida amal qiladigan sertifikatlashtirish 
o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim. 
Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini 
tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat. 
Muvofiqlik belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning aniq standartga yoki boshqa 
normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoki ko‘rsatilgan xizmatga doir 
hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi. 
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar 
qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi. 
Sinov laboratoriyasini akkreditlash – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan 
mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarning nufuzli organ 
tomonidan rasmiy e‘tirof qilinishi. 
Sertifikatlashtirish organi – sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi organ. 
Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani 
aniqlash. 
Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya. 
Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z 
qoidalariga ega bo‘lgan tizim. 
Akkreditlash – Protsedura bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning 
muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi. 
Akkreditlash bo‘yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni 
o‘tkazuvchi idora. 
Inspektsiya 
tekshiruvi 
– sertifikatlashtirish va akkreditlashda o‘rnatilgan talablarga 
muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni 
boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning 
faoliyatini takroriy baholash protsedurasi. 
Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi. 
Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun 
menejment tizimi. 
Sifat sohasidagi siyosat – yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat sohasida 
tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi. 
Tashkiliy tuzilma – Mas‘ullik, vakolatlik va o‘zaro munosabatlarning xodimlar o‘rtasida 
taqsimlanishi. 
Manfaatdor tomon – tashkilotning faoliyatidan yoki yutuqlaridan manfaatdor shaxs yoki 
guruh. 
Jarayon – Kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta‘sir etuvchi 
faoliyat turlarining majmui. 
Protsedura – Faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o‘rnatilgan usuli. 
Kuzatuvchanlik – Kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi yoki joylashgan o‘rnini kuzatish 
imkoni. 
Muvofiqlik – Talabni bajarish. 


117 
Nomuvofiqlik – Talabni bajarmaslik. 
Sinash 
– O‘rnatilgan protseduraga muvofiq mahsulotning bir yoki bir nechta 
xarakteristikalarini aniqlash. 
Tahlil – Ko‘rilayotgan ob‘ektning yaroqliligi, adekvatliligi (aynan bir xilligi), natijaviyligini 
aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat. 
Audit – Audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini bajarish darajasini 
aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholash muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni. 
Audit dasturi – Muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muayyan maqsadga erishishga 
yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmui. 
Kompetentlik (vakolatlilik) – o‘z bilim va kunikmalarini qo‘llay olish qobiliyati. 
Muvofiqlik atamasi mahsulot jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni 
o‘z tarkibiga oladi. Muvofiqlikning uchta ko‘rinishi – muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni 
attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish mavjuddir. Muvofiqlik bayonoti deb ta‘minotchining 
mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me‘yoriy hujjatga to‘la-to‘kis 
muvofiqligi haqida mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani 
so‘nggi vaqtlarda «o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish» tushunchasi bilan almashilayotgani qayd 
qilinmoqda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun 
mas‘uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zi o‘tkazadi va mahsulotning kerakli 
darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-
o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. 
Muvofiqlikni attestatlash deyilganda uchinchi tomon tarafidan «sinov laboratoriyasining 
bayonoti» tushunilib, ma‘lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma‘lum standartlar 
yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etilishi tushuniladi. 
Yana bir zarur atamalaridan biri «sertifikatlashtirish tizimi» bo‘lib, u quyidagicha 
ta‘riflanadi: «Sertifikatlashtirish tizimi – muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish 
uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.» 
«Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari, sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha 
ta‘riflanadi: «Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining 
tarkibi va tartibi». 
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: 
sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda, ushbu tizimning qoidalariga muvofiq guvohnoma 
talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb, ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat 
ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish idorasi 
tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimi a‘zosi deganda, ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat 
ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish 
ikki 
xil 
bo‘ladi, 
bular 
majburiy 
va 
ixtiyoriy. 
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uning tashqi muhitga, inson salomatligiga 
ta‘siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi 
mahsulotlar 
albatta, 
majburiy 
sertifikatlashtirishga 
mansub 
bo‘ladi, 
qolgan 
mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi esa ixtiyoriydir. 


118 
Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlash-tirish huquqiga ega bo‘lgan idora 
tomonidan 
mahsulot, 
jarayon, 
xizmatining 
standartlardagi 
majburiy 
talablarga 
muvofiqligini 
tasdiqlash tushuniladi. 
Ixtiyoriy 
sertifikatlashtirish 
deganda 
ishlab 
chiqaruvchi 
(bajaruvchi), 
sotuvchi 
(ta‘minlovchi) yoki iste‘molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish 
tushuniladi. 
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va 
texnika 
rivojlanishi 
uchun 
hamda 
chiqarilayotgan 
mahsulotlar 
sifatini 
yaxshilash, 
ularning 
raqobatdoshlik qobiliyatni oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib 
bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. 
U ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta‘minlovchining (birinchi tomon) va 
xaridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, absolyuto mustaqil ravishda ish 
ko‘radilar. Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning 
ishonchiga sazovor bo‘lmoqda. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish