―Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida‖gi qonun sharhlari.
―Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan bo‘lib 4 ta bob va 23 ta moddadan tashkil topgan.
Keyingi yillarda ushbu qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob‘ektlarni
(matnda bundan keyin «mahsulotlar» deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va
tashkiliy asoslarini; shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarnning huquqlari, majburiyatlarn va
javobgarligini belgilab beradi.
Qonunda
quyidagi
asosiy
tushunchalar
ishlatilgan:
sertifikatlashtirish
milliy
tizimi,
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish,
muvofiqlik
sertifikati,
muvofiqlik
belgisi,
bir
turdagi
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi, sinov laboratoriyasini akkreditatsiya
qilish.
Qonunning 2-moddasida sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari sanab o‘tilgan. 3-
moddasida esa sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, 4-moddada xalqaro shartnomalar va
bitimlar, 5-moddada esa O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari to‘g‘risida
ma‘lumotlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash,
metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan keyin «Uzstandart» deb yuritiladi)
O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
«O‘zstandart» mazkur Qonunga muvofiq:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish
yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e‘lon qilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda
ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning
xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish
natijalari o‘zaro e‘tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha
boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi;
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi;
bir
turdagi
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
organlarini
va
sinov
laboratoriyalarini
119
(markazlarini) akkreditatsiya qiladi;
sertifikatlangan
mahsulotlarning,
akkreditatsiya
qilingan
sertifikatlashtirish
organlari va
sinov laboratoriyalarining (markazlarining), ekspertlarning Davlat reestrini yuritadi;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov
laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan
mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarining normalari buzilganligi» uchun muvofiqlik sertifikatlarn va muvofiqlik
belgilarini bekor qiladi hamda amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi, sertifikatlashtirish organlarining
akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining
(markazlarining) faoliyatini tugatadi.
«O‘zstandart»ning sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta‘minlash manbai -
davlat byudjeti mablag‘i, shuningdek «O‘zstandart» ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan
haqdan iborat.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar:
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini
ta‘minlaydilar;
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiqlik
sertifikatlarini e‘tirof etadilar;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikatlashtirish organlarini akkreditatsiya qilish
bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni arizachi qoplaydi.
Tegishli
sertifikatlashtirish
tizimi
belgilagan
tartibda
akkreditatsiya
qilingan
sinov
laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga
oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
«O‘zstandart» o‘z vazifalarining bir qismini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish
organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.
Qonunning 6-moddasida sertifikatlashtirish ob‘ektlari va sub‘ektlari sharhlangan.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar,
shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish ob‘ektlari hisoblanadi.
«O‘zstandart» va davlat boshqaruvining boshqa organlarn, «O‘zstandart» tomonidan
akkreditatsiya qilingan yoki e‘tirof etilgan, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari
(markazlari), mulk shaklidan qat‘i nazar, mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish sub‘ektlari hisoblanadilar.
Sertifikatlashtirish sub‘ektlari - yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida
sertifikatlashtirish
tizimlari
tuzishlari
mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari
«O‘zstandart» belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Qonunning 2-bobi 7-8-9-moddalardan iborat bo‘lib, 7-modda muvofiqlik sertifikati va
muvofiqlik belgisiga bag‘ishlangan.
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish
organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchn ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini
ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish
tizimida
foydalaniladigan
muvofiqlik
sertifikatlarining,
akkreditatsiya
qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va
hajmlari «O‘zstandart» tomonidan tasdiqlanadi.
120
Muvofiqlik
sertifikatlari,
muvofiqlik
belgilari,
sertifikatlashtirish
organlari
va
sinov
laboratoriyalarining
(markazlarining)
akkreditatsiya
qilinganlik
to‘g‘risidagi
guvohnomalari
«O‘zstandart» tomonidan belgilangan tartibda Davlat reestridan o‘tkazilishi shart.
Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari,
sertifikatlashtirish
organlari
va
sinov
laboratoriyalarining
(markazlarining)
akkreditatsiya
qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarn haqiqiy emas.
Muvofiqlik
sertifikatidan,
muvofiqlik
belgisidan
foydalanish
huquqini
hamda
sertifikatlashtirish
organlari
va
sinov
laboratoriyalarining
(markazlarining)
akkreditatsiya
qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi
man etiladi.
8-moddada esa sertifikatlashtirish faoliyatiga litsenziya berish to‘g‘risida, ya‘ni bir turdagi
mahsulotlarni
sertifikatlashtirishga
akkreditatsiya
qilingan
organlar
va sinov laboratoriyalarn
(markazlari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘ygan tartibda beriladigan
litsenziya asosida muvofiqlik sertifikati beradilar va sertifikatlashtirish maqsadida sinov o‘tkazishi,
litsenziya shartnomalari tuzish tartibini «O‘zstandart» belgilashi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish
vaqtida arizachiga muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi akkreditatsiya
qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida berilishi ta‘kidlangan.
Qonunning
9-moddasida
esa sertifikatlashtirish to‘g‘risida axborot, shu jumladan
«O‘zstandart» tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, iste‘molchilarni va boshqa manfaatdor
shaxslarni
sertifikatlashtirishning
amaldagi
tizimlari,
ularning
organlari,
sinov
laboratoriyalari
(markazlari), ekspertlar to‘g‘risida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va
ularni qo‘llash qoidalari to‘g‘risida xabardor etib borishi ko‘rsatilgan.
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish
uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bog‘liq
axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan ma‘lumotlar bundan mustasno.
Mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun talablari 10-11-
12-moddalarda bayon qilingan. Xususan, majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil
etish «O‘zstandart» zimmasiga yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa sertifikatlashtirish
organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-
muhitga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni tayerlash, ulardan foydalanish, ularni tashish
yoki saqlash xavfsizligini ta‘minlovchi talablar bo‘lmagan taqdirda davlat boshqaruvining tegishli
organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shartligi ko‘rsatilgan.
11-moddada majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari keltirilgan bo‘lib, majburiy
sertifikatlashtirish normativ hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini aniqlash uchun
uni sinashni, sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati o‘rnatishni o‘z ichiga
oladi.
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli
normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli
sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
tartibda haq to‘laydi.
121
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga sarflagan mablag‘lar
summasi shu mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan
mahsulotni targ‘ib qilish man etilgan.
12-moddada
majburiy
sertifikatlashtirilishi
lozim
bo‘lgan mahsulotlarga qo‘yiladigan
talablar tafsiloti berilgan bo‘lib, majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi
hollarda:
sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo‘lsa;
sertifikatlashtirish
talablariga
muvofiq
emasligi
sababli
sertifikatlashtirishdan o‘tmagan
bo‘lsa;
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan
(bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emasligi;
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man
etilishi yoritilgan.
13-modda tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish
vaqtidagi majburiyatlariga bag‘ishlangan. Bunda majburiy sertifikatlash-tirilishi lozim bo‘lgan
mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
majburiy
sertifikatlashtirilishi
lozim
bo‘lgan
mahsulotni
sertifikatlashtirishga
taqdim
etishlari;
sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o‘zi yoki ular e‘tirof etgan organlar
bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar
talablariga mos bo‘lishini ta‘minlashlari;
sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa,
shuningdek sertifikatnpng amal qilish mudati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish
organining qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, realizatsiya qilishni to‘xtatib
qo‘yishlari yoki tugatishlari;
majburiy
sertifikatlashtirilishi
lozim
bo‘lgan
mahsulotni
sertifikatlashtiruvchi
va
sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini
moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;
sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologiya
jarayoniga kiritilgan o‘zgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor
etishlari;
ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirish
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni hamda normativ hujjatlarni ko‘rsatishlari va bu ma‘lumotlar iste‘molchi
(xaridor, buyurtmachi) e‘tiboriga etkazilishini ta‘minlashlari shart ekanligi reglamentlangan.
Qonuning 14-moddasida xorijdan olib kelinadigan va xorijga olib chiqib ketiladigan
mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish tartibi berilgan.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga
etkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan
talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, «O‘zstandart» tomonidan berilgan yoki e‘tirof etilgan
muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerakligi;
Milliy
muvofiqlik
sertifikatlari
va
muvofiqlik
belgilari
yoki
boshqa
davlatlarning
«O‘zstandart» tomonidan e‘tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi
(mahsulot etkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona
deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga
122
ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanishi;
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan
taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda «O‘zstandart»ni xabardor etadilar hamda mahsulotni
sertifikatlashtirishdan
o‘tkazish yoki chet el sertifikatini e‘tirof etish to‘g‘risidagi masala
sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib
kirishni taqiqlab qo‘yilishi hamda
Ssrtifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston
Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilashi ko‘rsatilgan.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta‘minoti 15-moddada
o‘z aksini topgan.
Quyidagi ishlar:
sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollari-ni, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini
ishlab chiqish;
sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta‘minlash;
xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy
sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish;
sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish
hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
sertifikatlashtirish
yuzasidan
umumdavlat
ahamiyatiga
molik
ilmiy-tadqiqot
ishlari
ia
boshqa ishlar olib borish;
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan
davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta‘minlanishi ko‘rsatib
o‘tilgan.
16-modda
majburiy
sertifikatlashtirish
qoidalariga
rioya
etilishini
davlat
tomonidan
tekshirilishi
va
nazorat
qilinishi,
tayyorlovchilarning
(tadbirkorlarning,
sotuvchilarning,
ijrochilarning),
sinov
laboratoriyalarining
(markazlarining),
sertifikatlashtirish
organlarining
majburiy sertifikat-lashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot
ustidan davlat tekshiruvi na nazoratini «O‘zstandart»ning davlat inspektorlari O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda amalga oshirishlari
ko‘rsatilgan.
Qonunning
17-18-19-moddalari
ixtiyoriy
sertifikatlash-tirishga
doir ma‘lumotlar bilan
to‘ldirilgan.
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun
u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi
mumkinligi;
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «O‘zstandart» belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya
qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqliligi hamda sertifikatlashtirish
qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlash-tirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan
organlar «O‘zstandart» bilan kelishgan holda belgilashi ta‘kidlangan.
4-bobdagi 20-21-moddalarda nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish tug‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka oid qonun shartlari belgilangan.
Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda qarab chiqilishi;
Sertifikatlashtirish
natijalaridan
norozi
bo‘lgan
taqdirda
manfaatdor
tomon
«O‘zstandart»ning Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqliligi;
123
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi to‘g‘risidagi nizomni «O‘zstandart» ishlab chiqishi va
tasdiqlashi;
«O‘zstandart»ning Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va
sinov laboratoriyalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab
chiqishi; shikoyat arizalari ikki hafta ichida ko‘rib chiqilishi; «O‘zstandart»ning, Shikoyatlarni
qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab
qo‘yilgan tartibda Oliy sudga yoki Oliy xujalik sudiga shikoyat qilish mumkinligi bayon qilingan.
22-moddada sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining)
javobgarligi tavsiflangan.
Sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
arizachining tijorat siri hisoblangan ma‘lumotlarni oshkor etganlik uchun, akkreditatsiya
qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida
noto‘g‘ri ma‘lumot berganlik uchun javobgar bo‘lishi;
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib
o‘tilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga etkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida
belgilangai tartibda to‘la hajmda qoplashlari shartligi belgilangan.
23-moddada tayyorlovchilarning tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini
buzganlik uchun javobgarligi, shu jumladan,
tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
mahsulotlarni muvofiqlik sertifikatisiz, shuningdek qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi
tamg‘asi bosilgan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun;
muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotlarni targ‘ibot qilganlik uchun;
«O‘zstandart»ning yoki u vakolat bergan organlarning ko‘rsatmasiga binoan realizatsiya
qilish to‘xtatib yoki taqiqlab qo‘yilgan mahsulotlarni realizatsiya qilganlik uchun javobgar bo‘lishi;
Majburiy
sertifikatlashtirish
qoidalarini
buzganlik
uchun
tayyorlovchilar
(tadbirkorlar)
«O‘zstandart» yoki u vakolat bergan sertifikatlashtirish organlarining taqdimnomasi asosida
sudning qarori bilan davlat byudjeti hisobiga realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida
jarima to‘lashi;
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) iste‘molchi yoki buyurtmachiga etkazilgan zararlarning
o‘rnini qonun hujjatlarnda belgilangan tartibda to‘la hajmda qoplashlari shartligi ta‘kidlangan.
|