• 17-modda. Texnik reglamentlarning mazmuni
  • -modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    16-modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir 
    talablar 
    (16-moddaning 
    nomi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 


    103 
    Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir talablar quyidagilar 
    bo‗yicha belgilanishi mumkin: 
    (16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    biologik xavfsizlik; 
    mexanik xavfsizlik; 
    kimyoviy xavfsizlik; 
    yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik; 
    yong‗in xavfsizligi
    elektr xavfsizligi; 
    mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi; 
    elektromagnit mosligi; 
    qurilish ishlari xavfsizligi; 
    binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi; 
    ekologik xavfsizlik; 
    veterinariya xavfsizligi; 
    sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi
    portlash xavfsizligi; 
    axborot xavfsizligi; 
    o‗lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta‘minlash. 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir boshqa talablar ham 
    belgilab qo‗yilishi mumkin. 
    (16-moddaning ikkinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    17-modda. Texnik reglamentlarning mazmuni 
    Texnik reglamentlar quyidagilarni o‗z ichiga olishi kerak: 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligi tavsiflari; 
    (17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    xavfsizlik talablari belgilanayotgan mahsulotlar va xizmatlarning to‗liq ro‗yxati; 
    (17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    atamalarga, o‗rov-idishga, tamg‗alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va 
    mahsulotni identifikatsiya qilishga doir talablar
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    (17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuniga 
    asosan chiqarilgan — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-
    modda) 
    davlat nazoratini amalga oshirish tartibi; 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar 
    talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‗lgan qoidalar. 


    104 
    (17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    Zararli mikroorganizmlar va qo‗shimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi 
    moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona o‗simliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati 
    bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi 
    darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, 
    veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham ko‗rsatilishi kerak. 
    (17-moddaning ikkinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‗RQ-416-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    Sanitariya, 
    veterinariya, 
    veterinariya-sanitariya 
    va 
    fitosanitariya 
    qoidalari 
    va 
    normalarida 
    quyidagilar belgilanadi: 
    (17-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-
    dekabrdagi O‗RQ-416-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) 
    mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va 
    fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar; 
    karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o‗simliklarni tashish bilan 
    bog‗liq talablar; 
    namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof muhitga zarar 
    yetkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda 
    ko‗rsatilgan boshqa talablar. 
    Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar bo‗lmasligi 
    lozim, insonning hayoti va sog‗lig‗iga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda 
    mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yo‗qligi sababli mahsulot xavfsizligi 
    ta‘minlanmasligi hollari bundan mustasno. 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    Mahsulotlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yo‗l qo‗yiladigan xavf 
    darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar ta‘siri sababli insonning hayoti va 
    sog‗lig‗iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazadigan 
    mahsulotlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda bo‗lmasligi kerak. Bunda texnik 
    reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar to‗g‗risida hamda insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof 
    muhitga zarar yetkazilishi xavfi qaysi omillarga bog‗liq bo‗lsa, shu omillar haqida iste‘molchilarni 
    xabardor qilishga doir talablar bo‗lishi mumkin. 
    (17-moddaning beshinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    Oldingi
    tahrirga qarang. 
    Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir quyidagi maxsus talablar bo‗lishi 
    mumkin: 
    (17-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
    apreldagi O‗RQ-405-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) 
    qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗i muhofaza 
    qilinishini ta‘minlaydigan maxsus talablar


    105 
    texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va sog‗lig‗iga, 
    atrof 
    muhitga, 
    yuridik, 
    jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi 
    transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish obyektlariga oid maxsus talablar. 
    Davlat sirlaridan va qonun bilan qo‗riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z 
    ichiga olgan texnik reglamentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va qabul 
    qilinadi. 
    Texnik reglamentlar tugal bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasining butun hududida to‗g‗ridan to‗g‗ri 
    amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish yo‗li bilan 
    o‗zgartirilishi mumkin. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish