96
Tayanch so‘z va iboralar: texnik
jihatdan tartibga solish, texnik reglament, shtrix kod,
O‗ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‗G‗RISIDA
Qonunchilik
palatasi
tomonidan
2008-yil
11-noyabrda
qabul
qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma‘qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu
Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni
belgilash, qo‗llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari
Texnik jihatdan tartibga solish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari
ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‗zbekiston Respublikasining texnik
jihatdan tartibga solish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‗lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‗llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar
xavfsizligiga doir majburiy
talablarni belgilash, qo‗llash va bajarish;
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash,
ishlab chiqarish,
ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va
utilizatsiya
qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, ko‗rsatiladigan xizmatlarning holati bo‗lib,
bunda insonning hayotiga, sog‗lig‗iga,
atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning
mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‗liq yo‗l qo‗yilmaydigan xavf mavjud bo‗lmaydi;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.