Ipning nomerini aniqlovchi analizator.
Ip, tarash piltasi, pilik, va matoning 1 kv.metr og’irligidagi nomerini aniqlashga mo‘ljallangan(1-rasm). Beriladigan ma’lumotlar: ayrim natijalar, minimum, maksimum va o‘rtacha qiymat, CV%, % diapazoni va boshqalar. Bundan tashqari ushbu analizator quyidagi o‘lchov birliklarida ham natijalarni chiqarib berishi mumkin: N/metr, N/yard, Nm, Den, Tex, Dtex, Grains/yard, Grains/kv.m. Namunalarning uzunligi 1 sm (1 dyum)dan 999 m(yard) gacha olinadi.
Tuzilmaning muvofiqligi: ISO 3374, UN EN 29073, UNI 8014-2-3-4, UNI EN ISO BS 2060, UNI 5114, BS 2471, ISO 3801, ASTM D1907/D2646/D3776
Elektr energiyasi: 110/220 V. O’zgaruvchan tok, 50/60 Hz, bir fazali.
Og’irligi: 10 kg
Tashqi o‘lchamlari:
uzunligi - 700x,
eni - 400x,
balandligi – 200 mm
7.8-rasm. Ipning nomerini aniqlovchi analizator
Laboratoriya hisobi uchun dasturiy ta’minot.
Ushbu COUNT LAB dasturiy taminot ip, tarash piltasi, pilik, va matoning 1 kv.metr og’irligidagi nomerini aniqlashga mo‘ljallangan(2-rasm). Beriladigan ma’lumotlar: ayrim natijalar, minimum, maksimum va o‘rtacha qiymat, CV%, % diapazoni va boshqalar. Sinov natijalarini avtomatik tarzda Excel dasturiga o‘girib tahlil hamda qayta hisoblash uchun ma’lumotlarni chiqaradi. Barcha chiqarilgan yoki olingan natijalar qayta ishlash va saqlash imkoniyati bilan ham alohoda ajralib turadi.
Tuzilmaning muvofiqligi: Postroeno v sootvetstvii s: ISO 3374, UN EN 29073, UNI 80142-3-4, UNI EN ISO BS 2060, UNI 5114, BS 2471, ISO 3801, ASTM D1907/D2646/D3776
7.9-rasm. Laboratoriya hisobi uchun dasturiy ta’minot
|