• Me’yoriy hujjat ”
  • Standartlashtirishda
  • O‘zaroalmashuvchanlik
  • Mintaqaviy standartlashtirish




    Download 0,93 Mb.
    bet40/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
    Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
    Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga dahldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
    Me’yoriy hujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
    Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: bir xillashtirish (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi-muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondoshilgan standartlashtirish borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
    Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
    Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
    O‘zaroalmashuvchanlik - bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
    Har xillikni boshqarish (unifikatsiyalash yoki bir xillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.

    7.1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)


    Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

    • atamalarni standartlashtirish;

    • o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

    • mahsulotning o‘zini standartlashtirish.

    • ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:

    • standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;

    • harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;

    • bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;

    • yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;

    • sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.

    Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgikunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalarihisoblanadi.
    Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqarostandartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojaat etildi.
    Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti yaratildi.
    Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
    O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar” bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari hamda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma’ruzamizda tanishib chiqdik.
    Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.

    7.2. Standartlarning turlari va toifalari


    O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:

    • Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;

    • O‘zbekiston Respublikasining standartlari;

    • Tarmoq standartlari;

    • Texnikaviy shartlari;

    • Korxona standartlari;

    • Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.


    Download 0,93 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




    Download 0,93 Mb.