• 1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari
  • Asosiy vazifalar
  • 1.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixi
  • -ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari




    Download 0,93 Mb.
    bet2/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    1-ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari. Uning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi, xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdagi tutgan o‘rni.
    Reja.
    1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish”fanining maqsad va vazifalari.
    1.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish” fanining rivojlanish tarixi.

    1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari
    Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya-o‘lchashlar haqidagi fan.
    Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qo‘llashtexnikavatexnologiyasoxalaridagibakalavriatyo‘nalishlari bitiruvchilariuchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    “Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
    “Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
    Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.
    Sifatning virtual sxemasi
    Bu sxemani chuqur oʻrganib vatahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
    - Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bogʻliqdir;
    - Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bogʻliqdir;
    - Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi boʻlgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini taʼminlab beradi;
    - Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud boʻlgan va faoliyat koʻrsatayotgan standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi va oʻtkazib kelmoqda.

    Shuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish sertifikatlashtirish) o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘ta muhim masalalardan biri sanaladi.

    1.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixi


    XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo‘llardan o‘tganligini ko‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to‘la ma’noda zamonaviy axborotli o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
    O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.
    Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
    Asrlar o‘ta bizga etib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan,qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.
    Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma erda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik erning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga aylandi.
    Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
    Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.
    Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi.
    Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
    - ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
    - ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
    - zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.
    Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, ko‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik o‘lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. SHu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini o‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinli bo‘ladi: - “O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkon yarating”. Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar-o‘lchash o‘zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada, avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir.
    Ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada ko‘plab olimlar o‘lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleev va boshqalarni alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Ahmad Farg‘oniyning “Miqyosi Nil”, ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida o‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, Ulug‘bekning “Zij jadvallari” da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy o‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o‘lchashlar uchun maxsus asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.
    O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda informatsion-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy informatsiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolarning, ularni echish usullari va olingan natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informatsiya olish mobaynida asosiy o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi.
    Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin.
    - 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Er meridiani uzunligining 1x10-7 bo‘lagiga teng qilib olinganligi);
    - 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, metr o‘lchov birligiga asos soladi);
    - 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
    - 1931 yilda Leningrad shaxrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi;
    - 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim bo‘yicha 1 metr vakumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri);
    - 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakumda 1/299792458 sekunda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi;
    - 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi;
    - 2002 yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.
    Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.



    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari

    Download 0,93 Mb.