|
Metrologiya va standartlashtirish
|
bet | 4/58 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #238909 |
Bog'liq “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQIISO 9000 Standartlarining bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Oxirgi paytlarda 9000 seriyadagi ISO xalkaro standartlari to‘g‘risida ko‘p eshitayapmiz. Xo‘sh, bu standartlar kanday standartlar va nima uchun qo‘llaniladi?
Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tadbiq etishga mo‘ljallangan xalqaro modellar bo‘lib xisoblanadi.
Chet davlatlarda sifat tizimi bo‘lmagan korxona yoki firma bilan ishlab bo‘lmaydi. Chunki birinchidan xech kanday kafolat yo‘q, ikkinchidan esa siz shartnoma tuzganingizda xam, siz bilan ishlovchi boshqa sub’ektlar bundan boxabar bo‘lganlarida ularning sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. Shu sababdan sifat tizimlariga nixoyatda jiddiy axamiyat berishimiz kerak.
Hozirda respublikamizda xalkaro sifat tizimlarini tadbik etgan yoki bunga xarakat qilayotgan korxonalar soni kun sayin ko‘payib bormokda Chkalov nomidagi TAIChB, Qimmatli qog‘ozlar kombinati, tizimlari asosan ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu modellar o‘zaro ko‘lami bilan farq qiladi.
ISO ning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari: ISO 9000, “Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha raxbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 9001, “Sifat tizimlari. Loyixalashda va (yoki) ishlab chiqarishda, yig‘ishda va xizmat ko‘rsatishda sifatni ta’minlaydigan model”;
ISO 9002, “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda va yig‘ishda sifatni ta’minlaydigan model”;
ISO 9003, “Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni ta’minlaydigan model”;
ISO 9004, “Sifatni umumiy boshqarish sifat tizimlarining elementlari. Raxbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 10011 “Sifat tizimlarini tekshirishda raxbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 10012 “O‘lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talablar”.
Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug‘ati yaratgan bo‘lib, maxsulot sifatini ta’minlash soxasida ularning ta’riflarini xam ishlab chiqqan. Bulardan tashqari ISO/MEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan xam bir qancha me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan.
2002 yili mazkur standartlarning yangi versiyalari qabul qilindi. Bunga ko‘ra standartlarda sezilarli darajada xam tarkibiy, xam mazmunan o‘zgarishlar kiritildi. Standartlarning soni xam 2 taga kamaydi. Agar oldingi standart (ISO 9001) bandlar 20 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular 8 taga keltirildi.
Eng asosiysi, bu standartlar ustivor sifatida sifatni doimiy tarzda yaxshilab borish siyosatini qo‘llaydi va iste’molchining talabi bajarilgan bo‘lishini talab qiladi. Hozirda O‘zbekistonda ISO 9000:2000 seriyasidagi standartlar qo‘llanilishi boshlangan.
“Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
|
| |