|
Standartlashtirish to‘g‘risida
|
bet | 3/58 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #238909 |
Bog'liq “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQIStandartlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish» to‘g‘risidagi qonuni va Vazirlar mahkamasining 02.03.1992 yildagi № 93-sonli O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar ko‘rsatilganki, Respublikada davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi va u standartlashtirish bo‘yicha umumiy tashkiliy–texnik qoidalar belgilab beradi. Ushbu qoidalar standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organ bo‘lib, ularning holati va keyinchalik rivojlanishiga ma’sul O‘zdavstandart tomonidan o‘rnatiladi.
Standartlashtirishning masalasi oliy qonun organlari tomonidan ko‘rila boshladi va 1993 yil 28 dekabrda «Standartlashtirish» qonuni ishlab chiqildi.
Qonun bilan quyidagi standartlashtirish maqsadlari belgilab berilgan.
– Davlat manfaatlarini va iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish, aholining mahsulotlar hayoti, salomatligi va mol-mulki. Atrof–muhit uchun xavfsizligini ta’minlash;
Bu maqsadni amalga oshirish uchun O‘zDSS tomonidan O’z RH 51-010 rahbariy xujjat, uning asosida ISO/MEK 51 qo‘llanma «Standartlarni tayyorlashda xavfsizlik masalalariga umumiy talablar» qabul qilingan. Rahbariy hujjatda xavfsizlikka oid talablar klassifikatsiya qilingan, ulardan
– jarohatlanish;
– elektr tokidan shikastlanish;
– ekstrimal harorat (kuyish yoki muzlash);
– yong‘in;
– portlash;
– kimyoviy moddalar ta’siri;
– biologik moddalar ta’siri;
–nurlanish (tovush, infraqizil, adiochastotali, ultrafiolet);
Ximoya qilish kerak bo‘lgan atrof muhitga fizik, biologik, texnik muhitlar kiradi;
–fizik muhitga atmosfera, er yuzasi, suvlar, muzliklar va ionosfera;
– biologik muhitga flora va fauna (o‘simlik va hayvonat olami);
– texnik muhitga bizni o‘rab turgan hududda mavjud bo‘lgan binolar, inshoatlar va boshqa inson kuchi bilan yaratilgan ob’ektlar tushiniladi.
1997 yil «Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi» qonuni qabul qilingan. Bu qonunda sanitariya, gigiena, veterinar, fitosanitar normalari majburiyligi o‘rnatilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kompleks rahbariy hujjatlar tasdiqlangan va bu rahbariy hujjatlarda dori vositalarining sifatini nazorat qilish qoidalari, bog‘lash va in’eksiya vositalarining sterillanganligini belgilab beradi. SHuningdek o‘simlik xom ashyosini va dori vositalarini yaroqlik muddatini o‘rnatish tartibini belgilaydi.
O‘zdavstandart va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi halqaro standart asosida davlat standarti O’z DSt ISO 64 «Mahsulot standartlarida atrof muhitni himoya qilish aspektrlarini ko‘rsatish» bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha muhim sharti, ya’ni eksport hajmini oshirish, bu mahsulotning ham ichki, ham tashqi bozor talablariga moslashishidir.Bu birinchi navbatda milliy standartlarni halqaro, regional va chet el standartlari talablari bilan uyg‘unlashishini ta’minlanishini talab etadi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar (m.h) tarkibida to‘rtta muhim hujjat ishlab chiqilgan: O’zDSt ISO IES 21:2001, O’zDSt 1,7:1998 davlat standarti, O’z RH 51-077 rahbariy hujjat va O’z T 51-052 tavsiyanoma.
Bu hujjatlarda halqaro, davlatlararo, regional va chet el standartlarini qo‘llash usullari ko‘rsatilgan.
Xom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, material va mehnat resuslarini tejamkorlik bilan ishlatish ko‘rsatkich guruhlarga bo‘lingan:
Material va xom-ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish;
Material va xom-ashyolarni qayta ishlash;
Tejamkorlik bilan energiyani iste’mol qilish;
Tejamkorlik bilan mehnat resuslarini ishlatish;
Ko‘rsatkichlar mahsulot, material, yoqilg‘i, energiyani solishtirma isrofi, mahsulot va materiallarni qayta ishlatish solishtirma mehnat sarfi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dastur va loyihalarni amalga oshirish. Bu maqsadni amalga oshirilishi «Standartlashtirish» to‘g‘risidagi qonunda aniqlashtirilgan: «To‘liq yoki qisman respublika byudjet mablag‘larinidan moliyalashtiruvchi davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulotning sifatini me’yoriy ta’minlanishi bo‘yicha bo‘limlar ko‘zda tutilishi shart».
Tabiat va texnogen falokatlar va boshqa favqulotdagi vaziyatlar vujudga kelishini hisobga olgan holda, xalq xo‘jaligi ob’yektlarining xavfsizligini ta’minlash.
O’z RH 78-001 rahbariy hujjat bilan me’yoriy hujjatlarda yong‘in xavfsizligi talablari to‘liq ko‘rsatilishini tekshirish metodikasi ustidan nazorat qilish tartibi tasdiqlangan.
Standartlashtirish elementlari Turon zaminidagi mamlakatlar, xususan O‘zbekiston mintaqasida bunyod etilgan noyob arxitektura boyliklarida, standart g‘ishtlarni rango–rang bezaklar bilan uyg‘unlashgan o‘lchovlarda qo‘llanilishi insonni maxliyo kiladigan: Go‘ri amir, Bibixonim, Paxlavon Maxmud, Xiva tashki va ichki qal’alari, Ulug‘bek madrasasi, qal’a minorasi, Ko‘kaldosh madrasasi va boshqalarda mujassamlashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va O‘zbekistonda qadimdan: kadoq (400 gr atrofida), chaksa (6kg), pud (16kg), botmon (160kg) kabi massa birliklari; enlik (panja eni, 2sm atrofida) so‘yam (bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq o‘lchovi – 18 sm atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o‘lchovi-23 sm), qadam (ikki oyoqni yurishdagi o‘rtacha oralig‘i-0,75m atrofida), quloch (ikki qo‘lning elka satxida cho‘zilishdagi uzunlik-1,5 m atrofida), bir tosh (taxminan 0,75km), bir chaqirim (taxminan 3 tosh) kabi uzunlik birliklari; tanob (100 m kv atrofida) sirt birliklari standart birliklar sifatida keng qo‘llanilib kelingan. O‘zbekistonda standartlashtirishning rasmiy bosqichi 1923 yil Toshkent shaxrida «O‘lchov va tarozi maxkamasi Turkiston markazi tashkil» etilishdan boshlandi. Bu markazning Qo‘qon, Samarkand, Ashxobod, Olma–Ota shaxarlarida shaxobchalari tuzildi.
1993-1998 va 2000-2003 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirishni jadallashtirish borasida bir qator o‘ta muxim xukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora tadbirlar belgilandi. Standartlashtirishni rivojlantirishning xalqaro standartlashtirish jarayoni bilan uyg‘unlashgan asosiy yo‘nalishlari belgilanib, soxalar standartlari, me’yoriy xujjatlarni ishlab chikish va joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va kuzatib borish bo‘yicha idora va tashkilotlar belgilandi.
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti – ISO ga 1947-yil asos solingan bo‘lib, xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi eng yirik va muxim axamiyatli tashkilotlardan biri xisoblanadi. 163 ta davlatlarning standartlashtirish bo‘yicha Milliy organlari ISO ning tarkibiga kiradi. “Uzstandart” agentligi 1993 yildan beri ISO ning to‘lahuquqli a’zosidir. ISO ning markaziy kotibiati Shvesariyaning Jeneva shahrida joylashgan bulib, ISO faoliyati davrida 20 mingdan ortiq standartlarni qabul qilgan. Standartlarni yaratish dasturi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, atrof-muhit, informatsion texnologiyalari kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. ISO standartlarni yaratish tizimi 3 mingdan ortiq texnik organlar, shuningdek 200 dan ortik ISO texnik komitetlardan iborat.
|
| |