• Olchash vositalari
  • O‘lchash
  • O‘lchash natijasi
  • Metrologiya va standartlashtirish




    Download 0,54 Mb.
    bet2/4
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #258427
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-amaliy mashg\'lot

    O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
    O'lchash vositalari — obyektlaming fizik xossalarini aniqlaydi va noma’lum o'lchamni ma’lum bo'lgan o'lchamga solishtiradi.
    Agar ma’lum o'lchamdagi kattalik mavjud bo'lsa, u to'g'ridan-to'g'ri taqqoslash uchun ishlatiladi.
    Indikatorlar (sensor) - faqat obyektlaming fizik xossalarini aniqlaydi.
    Agar ma’lum o'lchamdagi kattalik mavjud bo'lmasa, unda asbobning reaktsiyasi ma’lum kattalik miqdorining ta’siriga ilgari namoyon bo'lgan reaksiya bilan taqqoslanadi.
    O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
    O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
    O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
    O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni yordamida esa shu o‘lchash ob’ekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
    O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
    X=n[x], bu yerda X - o‘lchanadigan kattalik;
    n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o‘lchash birligi
    O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
    O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz.

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,54 Mb.