Djiyanov M.R.
―TIQXMMI‖ MTU ―Muhandislik tizimlarni boshqarish‖
kafedrasi dotsenti
P.T. Berdimuratov
Tuzuvchilar:
―TIQXMMI‖ MTU
dotsent
M.O.Amonov
―TIQXMMI‖ MTU
PhD, dotsent
Sh.X.Abduroxmonov
TDTU t.f.n., dotsent
N.A.Abdujabarov
―TIQXMMI‖ MTU kat. o‘q.
B.Q.To‘laganov
M.O. Amonov, SH.X. Abduroxmonov, N.A. Abdujabarov, B.K. To’laganov
/ UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARI VA GLOBAL NAVIGATSION TIZIMLAR /
O‘quv qo‘llanma.
-T.: “TIQXMMI” MTU, 2023. 241 bet.
©. “TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI”
МILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI (“TIQXMMI” MTU), 2023
KIRISH
Uchuvchisiz uchish apparatti
- bu bortida ekipaj bo‗lmagan uchish
apparati. Oddiy so‗zlar bilan aytganda uchuvchisiz uchish apparatlarini
―bezpilotnik‖ yoki ―drone‖ deb ataladi. Hozirgi kundagi bortida ekipaj bo‗magan
mashina, traktor, suv kemalari, suvosti kemalari, taksilar to‗g‗risida ma‘lumotlar
o‗qish mumkin. Bularning barchasini sekin asta hayotimizga, mehnat
faoliyatimizga, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kirib kelmoqda.
Mazkur o‗quv qo‗llanmada asosan havoda uchadigan uchuvchisiz uchish
apparatlari (UUA) ko‗rib chiqiladi.
XX-XXI asrlar chegarasida aviatsiya texnikasi, robototexnika, elektronika,
aloqa vositalarining avtomatlashtirilishi, "sun‘iy intellekt" tarmog‗ining keskin
rivojlanishi, tarmoqning uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalash, ishlab
chiqarish va qo‗llanilishini keskin o‗sishiga sabab bo‗ldi.
Hozirgi kunda dronlar iqtisodiyotimizning turli xil jabhalarida qo‗llanilib
kelinmoqda: aviatsiya, favqulodda vaziyatlar, qishloq xojaligi, suv sathlarini
o‗rganish, o‗rmon xojaliklarini nazorat qilish, ekologik monitoring, geodeziya,
kartografiya, harbiy maqsadlarda, aerofoto suratlar olishda va boshqalar.
Uchuvchisiz uchish apparatlarning keng qo‗llanilishi ularning arzonligi va eng
avvalo, havfsizligi asosiy omil bo‗lib kelmoqda.
Masalan, harbiy maqsadlarda qo‗llaniladigan, yuqori murakkablikka ega
bo‗lgan UUA narhi tahminan 5-6 million dollarni tashkil etsa, shu vazifalarni
bajaruvchi harbiy qiruvchi samolyot narhi esa 100 million dollarni tashkil etadi.
Bunga yana uchuvchilarni o‗qitish, samolyotni texnik soz xolatini saqlab turish
harajatlari, yoqilg‗i-moylash materiallari xarajatlarini qo‗shsa harbiy samolyotlar
ancha qimmatga tushishi ayon bo‗ladi. Bundan tashqari UUA operatori o‗z
hayotini hatarga qo‗ymasdan xafsiz holda faoliyat yuritadi. UUA ning asosiy
kamchiligi-masofadan boshqarish tizimining foydalanish jarayonida ishdan
chiqishi hisoblanadi. Bu ayniqsa harbiy UUA da muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida va kundalik hayotda
uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish, yoki ulardan iqtisodiyot va
xavfsizlik sohasidagi har qanday vazifalarni bajarish uchun foydalanish, yoki
uchuvchisiz uchish apparati yordamida olingan ma‘lumotni iste‘molchi sifatida
ishlatish masalasini muhokama qilishingiz mumkin.
|