irrigatsiya rejimida, ya’ni faqatgina ekinlarning vegetatsiya-sug‘orish davrida (3 oy,
6 oy 9 oy va hokazo) ishlaydi (masalan, Chirchiq-Bo‘zsuv irrigatsiya tizimidagi 22
dona GESlar kaskadi). Chirchiq-Bo‘zsuv energetik kaskadi 3.3-rasmda ko‘rsatilgan.
Irrigatsiya rejimida ishlaydigan GESlar, to‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan
GESlardan keskin farq qiladi.
3.3-rasm. Chirchiq-Bo‘zsuv GES lar kaskadi.
Energetik rejimda to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar, yillik va ko‘p yillik suv
bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga
o‘rnatiladi (Masalan, Qirg‘izistondagi To‘xtag‘ul, Tojikistondagi Rog‘un GESlari va
boshqalar).
Energetik rejimda to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar yillik va ko‘p yillik suv
bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga
o‘rnatiladi. To‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan GESlar, irrigatsiya rejimida -
ekinlarning vegetatsiya davriga bog‘liq holda ishlaydigan GESlardan keskin farq
qiladi. 3.4-rasmda har xil rejimda ishlayotgan suv ombori ko‘rsatilgan.
3.4-rasm. Har xil rejimda ishlayotgan suv omborining suv sarflari: 1-irrigatsion; 2-energetik; 3-birgalikda (irrigatsion-energetik); 4-suv omboriga
o‘rtacha ko‘p yillik suvni oqib kelishi.
3.2.1. GES va GAES lar, ularning turlari va ishlash prinsipi. Suv oqimining gidravlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi
gidrotexnik inshootlar va gidroenergetik jihozlar yig‘indisiga gidroelektrostansiya
(GES)lar deyiladi.
Ma’lum balandlikda joylashgan tabiiy va sun’iy yig‘ilgan suvdan
elektroenergiya ishlab chiqaruvchi, ham turbina ham nasos joylashtirilgan energetik
ob’yektga suvni yig‘uvchi (gidroakkumulyatsilovchi) gidroelek-trostansiya (GAES)
deyiladi.
Bosimni bir joyga to‘plashning ikki xil usuli mavjud: to‘g‘onli (3.5-rasm) va