derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) (3.6-rasm).
Bosim ostidagi suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, gidravlik
turbinalar yordamida amalga oshiriladi. Turbinanig asosiy qismlaridan biri – ish
g‘ildiragidir. Yuqori bef (YU.B.) dan bosim quvurlari orqali tushayotgan suv, ish
g‘ildiragi parraklariga urilib uni aylantiradi. Ish g‘ildiragi o‘qiga ulangan
generatorning aylanishi natijasida elektroenergiya ishlab chiqariladi.
3.5-rasm. Bosimni bir joyga to‘plashning to‘g‘onli usuli.
3.6-rasm. Bosimni bir joyga to‘plashning derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan
tarmoqlab olish) usuli.
To‘g‘onli sxemada, to‘g‘on bilan daryo o‘zani berkitiladi va suv sathi yuqoriga
ko‘tariladi hamda yuqori va pastgi bef (P.B.) suv sathlari farqi miqdorida bosim hosil
qilinadi.
Katta nishabli tog‘ daryolarida bosim derivatsiya kanali yordamida hosil
qilinadi. Daryo o‘zani uncha baland bo‘lmagan to‘g‘on bilan bekitiladi va suv
derivatsiya kanali hamda uning oxiridagi bosimli basseynga joylashgan bosim
quvurlari yordamida turbinalarga uzatiladi.
3.2.2. Mikro GES turlari va ularning ish rejimi
O‘zbekistondagi mavjud gidroelektr stansiyalarning aniqlangan quvvati 1,7
GVt dan ortadi. Bu har yili 6 TVt soat arzon energiya ishlab chiqarish imkonini
beradi. Hozir respublikada qariyb 30 MVt quvvatga ega oltita yangi katta va kichik
gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 520 MVt
dan ortiq yana
to‘qqizta, jumladan, yirik Piskom gidroelektr stansiyasini (400 MVt) qurish bo‘yicha
takliflar tayyorlandi.
O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan 650 ta daryo, ko‘plab irrigatsiya
kanallari va suv omborlarining resurslari bir yilda 21 TVt soat elektr energiyasini
ishlab chiqaradigan ko‘plab gidroelektr stansiyalar barpo etish uchun texnik
imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu elektr energiyasi quvvati mikrogidroenergetika
salohiyati aniqlangandan so‘ng yanada oshishi mumkin.
Kichik va mikrogidroelektr stansiyalar elektr ta’minoti tarmog‘idan
foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan olis tumanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ayni
paytda mahalliy korxona va tashkilotlar GESlar uchun uskuna ishlab
chiqarmayotgani va asosan qurilish-montaj ishlarini bajarayotganiga qaramay, temir
konstruksiyalar, kabellar, simlar, nazorat-o‘lchash asboblari, akkumulyatorlar, boshqa
ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun uskunalar,
jumladan, ayni paytda O‘zbekistonda foydalanilayotgan turli xil turbinalar o‘rniga
kuchli bosim va quvvatga ega ko‘ndalang-purkovchi turbinalarni shu erda ishlab
chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
Mikro GES gidravlik elektrostansiyalar sinfiga taalluqli bo‘lib, quvvati 100
kVt gacha bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirishning fizik jarayonlari katta
quvvatdagi GES bilan bir xil bo‘lib ayrim farqli tomonlari mavjud.
Energiya tizim tarkibidagi ishlaydigan katta quvvatli GESdan farqli ravishda
mikro GES ko‘pchilik holatda mayda cheklangan iste’molchilarni (ya’ni
markazlashtirilgan energiya ta’minotidan uzoqdagi ob’yektlarni) ta’minlashda
foydalaniladi. Yirik GES ni qurishda xarajatlarning asosiy qismnii gidrotexnik
inshootlarning tannarxi tashkil etadi. Mikro GES uchun damba inshootlarini qurish
shart emas.
Qoidaga muvofiq, ruslovaya (o‘zanli) yoki derivatsion (suvni asosiy o‘zandan
tarmoqlab olish)
sxemalardan foydalaniladi (3.7-rasm).
a – derivatsion (suvni asosiy o‘zandan
tarmoqlab olish)
b - ruslovaya (o‘zanli)
3.7-rasm. Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari.
Daryodan suvning bir qismi ajratib olinib katta tezlik bilan harakatlantirilib
quvurga beriladi va foydalanganidan so‘ng gidroturbina orqali daryoga beriladi. Bu
qurilishga
sarflanayotgan
kapital
chiqimlar
atrof-muhitga
minimal
ta’sir
ko‘rsatadigan holda amalga oshiriladi.
Mikro GES da ishlatiladigan gidroturbinalarning har xil turlari mavjud: o‘qli,
diagonalli, cho‘michli, ko‘ndalang suyrili, tez oqimli (tizzillatib suvni otuvchi) va
hakozo. Bunda hamma gidroturbinalar ish jarayoniga ko‘ra 2 ta asosiy turga – aktiv
va reaktiv turbinalarga bo‘linadi.
Aktiv (erkin oqimli) turbinalar saplodan erkin chiqib ketayotgan oqim kinetik
energiyasidan, reaktiv (naporli tez oqimli) turbinalarda asosan oqimning potensial
energiyasidan foydalaniladi. MikroGESlar turbinalarining eng ko‘p tarqalganlari
Pelton, Frensis, Kaplan, Banka bo‘lib, ular o‘z parametrlariga ega.
MikroGESning kapital chiqimlari foydalanilayotgan suv naporiga bog‘liq
bo‘lib, yuqori naporli MikroGESlar tog‘li rayonlar uchun qulay.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mikroGESlarning o‘zini qoplash harajatlari 3-5
yilni tashkil etadi. Gidroturbinalardan tashqari mikro GES tarkibiga elektrik
generator, chiqish kuchlanishini stabillashtiruvchi tizim va bir qancha elementlar
kiradi.
Ma’lumki, turbinalar turini tanlash uchun ularning yig‘ma grafiklari
shakllantiriladi. Yig‘ma grafiklar maydonida berilgan bosim, suv sarfi va quvvatga
nisbatan gidroturbinalarning turlari joylashtiriladi. 3.7-rasmda MNTO INSET
birlashmasi tomonidan kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash uchun
tayyorlangan diagramma keltirilgan. Yig‘ma grafikning eng kichik bosim va suv
sarflarida parrakli gidroturbinalar hamda parrakli turbinali kichik GESlar joylashgan.
Ularning quvvati 1 kVt dan 1 000 ÷ 1 200 kVt oralig‘ida joylashgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu gidroturbinalar uchun boshlang‘ich bosim
1,8 m dan boshlanib 30 m da tugaydi (3.8-rasm). Bunday gidroturbinali agregatlar,
ayniqsa, irrigatsiya tizimlaridagi bosimi kichik kanallarga o‘rnatish uchun juda qulay.
3.8-rasm. Kichik quvvatli turbinalar hamda mikroGESlarning tanlash
|