rasmlarda konussimon so‘rib ketish quvurlari bilan jihozlangan, gorizontal
(3.10. a va
3.11-rasmlar
) hamda vertikal (3.10.
b-rasm) o‘rnatilgan radial-o‘qiy turbinalar
ko‘rsatilgan.
3.11-rasm. Gorizontal radial-o‘qiy turbinalar o‘rnatilgan kichik GES
binosining ko‘rinishi.
3.2.5. Aktiv-cho‘michli turbinalar (Pelton turbinasi)
Aktiv-cho‘michli turbinalar sekin yuruvchi turbinalar sinfiga mansub bo‘lib,
uning ishchi g‘ildiragi pastki bef sathidagi erkin havo bo‘shlig‘ida joylashadi va
faqatgina kinetik energiyaga ega bo‘lgan suv oqimi erkin holatda atmosfera bosimi
ostida ishchi g‘ildirakka kelib uriladi. Shuning uchun ba’zi bir vaqtlarda aktiv
turbinalarni erkin oqimli turbinalar ham deb atashadi.
Yirik cho‘michli turbinalar asosan yuqori - 40÷2000 m bosimlarda qo‘llaniladi.
MNTO INSET birlashmasi, mikro va kichik GESlarda foydalanish mumkin bo‘lgan
quyidagi ko‘rsatgichli turbinalar hamda mikroGESlarni ishlab chiqaradi.
Kichik
quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash diagrammasi (3.2-rasm) hamda 3.3 va
3.4-jadvallarda cho‘mich turbinali gidroagregatlar hamda mikrogidroagregatlarning
asosiy parametrlari keltirilgan. Suv oqimi kelib uriladigan cho‘michlar
sonini
ko‘paytirib quvvatni oshirish uchun ikki karrali Banki turbinalari ishlab chiqilgan.