Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra
bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi. Suv oqimi
cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 180
0
burchak ostida o‘zgartiradi.
Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila
boshlaydi. Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi (5.8
- rasm).
Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini oshirish uchun ish
g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar
o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi.
Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi
mumkin. Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi.
5.8
a - rasmda ikki soploli cho‘michli turbinaning sxemasi ko‘rsatilgan.
Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094
ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha
soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi.
3.15-rasm. Vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik