• Akustik anemometr
  • Shamolni o‘lchash usullari va asboblari




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

    Shamolni o‘lchash usullari va asboblari
    Havoning er sirtiga nisbatan gorizontal harakati shamol deb ataladi. Odatda 
    shamolning yo‘nalishi – gorizontning shamol kelayotgan tomoni va uning m/s lardagi 
    tezligi aniqlanadi. Meteorologik stansiyalardagi kuzatishlarda shuningdek yo‘nalish 
    (doimiy yoki o‘zgaruvchan) va tezlik (bir tekis va kuchayuvchan) bo‘yicha 
    shamolning o‘zgaruvchanlik darajasiga sifat xarakteristikalari beriladi. 
     
    Anemometrlar.  Tadqiqot 
    vazifalariga 
    bog‘liq 
    ravishda 
    shamolni 
    kuzatishning turli asboblari va usullari qo‘llaniladi. Dala sharoitlarida havoning er 
    yaqinidagi qatlamida shamol tezligini aniqlash uchun kosali, kontaktli va induksion 
    anemometrlardan foydalaniladi (4.4-rasm).
    min
    1
    p


    min
    0
    p




    N
    p


    2
    N
    p
    p





    min
    max
    3
    p





    max
    p


    4.4-rasm. Akustik anemometr 
    Kosali va kontaktli anemometrlar odatda atmosferaning quyi qatlamidagi 
    issiqlik va namlikning turbulent oqimlarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan gradient 
    o‘lchashlarida qo‘llaniladi. Ular yordamida vaqtning kerakli oralig‘i (bir necha 
    minutdan 1-3 soatgacha) uchun shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. 
    Induksion anemometrlar shamolning oniy (2-3 s) tezligini aniqlashda qo‘llaniladi. 
    Bunday kuzatishlar, masalan, balans o‘lchagich ko‘rsatkichlariga shamol 
    tuzatmalarini kiritish uchun zarur. 
    Shamol xarakteristikalarini aniqlash uchun hozirgi vaqtda meteorologik 
    stansiyalarda anemorumbometrlar qo‘llaniladi. Shamolni kuzatish quyidagilarni o‘z 
    ichiga oladi: a) vaqtning 2 yoki 10 daqiqa oraliqlarida (o‘lchashlarda 
    foydalanilayotgan asbobning texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda) shamolning 
    o‘rtacha tezligini o‘lchash; b) vaqtning shu oralig‘idagi oniy shamol tezligining 
    maksimal qiymatini aniqlash (kuchayuvchi shamol tezligi); v) 2 daqiqa ichidagi 
    shamolning o‘rtacha yo‘nalishini aniqlash. Shamol tezligi va yo‘nalishini uzluksiz 
    qayd qilib borish uchun anemorumbograflardan foydalaniladi. Ular yordamida 
    shamol tezligining 1 soat ichidagi o‘rtacha qiymati, oniy tezlikning 1 soat ichidagi 
    maksimal qiymati va 1 soat ichidagi o‘rtacha tezlikka mos keluvchi shamol yo‘nalishi 
    aniqlanadi. 


    Shamol 
    tezligi 
    datchiklarining 
    konstruksiyasiga 
    bog‘liq 
    ravishda 
    anemometrlarning quyidagi turlari ajratiladi: 
    - havo oqimining bosimini qayd etuvchi plastinka yoki boshqa shakldagi jism 
    (flyuger, shamol o‘lchagich); 
    - shamol ta’sirida vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bir nechta kosa yoki 
    parraklardan tashkil topgan tizim (rotoanemometrlar, parrakli anemometrlar) 
    - harorati atrofdagi havo haroratidan farq qiluvchi jismlar (issiqlik 
    anemometrlari). 

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shamolni o‘lchash usullari va asboblari

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish