4.3 – jadval. SHamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning
hududlari.
Geografik tumanlar
Yillik o‘rtacha
shamol tezligi,
m/s
Shamol
yo‘nalishi
Kuchli
shamol esish
muddati, oy
Kuchli shamol
esuvchi kunlar,
kunlar
III - guruh. Zaif shamol aktivligi ta’sirida bo‘lgan tumanlar (5 m/s gacha )
Chirchiq - Angren
1.4
Sh, ShG‘
II - V
3
G‘arbiy Farg‘ona
1,3
G‘
III - VI
3
Shimoliy Zarafshon
1,4
ShG‘, JG‘
III - V
3
G‘arbiy Surxondaryo
1,7
Sh, ShG‘
II - VII
2
Shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining
o‘zgarishiga bog‘liq emas;
foydalanish xarajatlarining unchalik yuqori emasligi;
zararli chiqindilar chiqarmaydi.
shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi kamchiliklarga ega:
mustaqil manba sifatida elektr energiyasi bilan ta’minlanish uchun
zaxira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, chunki elektr energiyasini ishlab chiqarish
shamolning esishiga va kuchiga bog‘liq;
katta miqdorda boshlang‘ich kapital sarflash kerak bo‘ladi;
shamol generatori ishlaganda shovqin chiqaradi, ko‘rish sohasini to‘sib
qo‘yadi.
4.3. Shamol qurilmalaridan samarali foydalanishda hududning iqlimi
sharoitlari va metereologik xususiyatlarining ahamiyati
Shamol qurilmalarini joylashish xarakteristikasining termatizatsiyasi uchun
ularning aniq regionda effektiv energetik qo‘llash maqsadi bilan qoidaga ko‘ra
shamol energetika kadastri ishlab chiqiladi, u o‘zi bilan shamolning aerologik va
energetik xarakteristikalar majmuasini tashkil etadi. Bu esa uning energetik bahosini,
hamda aniq parametrlarni va shamol qurilmalarining ishlash rejimini aniqlashda
yordam beradi.
Shamol energetikasi kadastrining asosiy xarakteristikasi bu:
Shamolning o‘rtacha yillik tezligi, yillik va sutkali shamolning yo‘li;
Tezliklarning qaytarilishi, tezlik funksiyalarining taqsimlanish parametrlari
va turlari;
Shamolning eng kata tezligi
Shamol davrlarini va energetik tinchib qolish davrlari taqsimlanishi;
Quvvat va solishtirma shamol energiyasi;
Shamol energetik resurslari.
Shamol hududi xaritalarida shamolning o‘rtacha yillik tezligi haqidagi meteo
ma’lumotlar statistik qayta ishlash yordamida topiladi va ular anemometrlar
yordamida standart balandlikka keltirib (yer sathidan 10 m balandda) eng yaxshi
ochiq hududlar meteostansiyalar tomonidan hisoblanadi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha shamolning taqsimlanishi haqida hisobga olish, odatga
ko‘ra o‘tkazilmaydi.
Shuning uchun har bir aniq joyda shamol potensialini aniqlash uchun mahalliy
samarani – orfografiyani hisobga olish, hududning g‘adur-budurligini, uning
ochiqligi, daryo ustidagi sathini va boshqalarni, ya’ni shamolning kuchiga va
yo‘nalishiga ta’sir etuvchi shamol energiyasini mavsumlarda o‘ziga xos ravishda
notekisligi va aniq vaqtda davomiy emasligini hisobga olgan holda, bundan esa,
haqiqiy shamol potensialini baholashga va shamol elektrostansiyasini montaj qilish
hamda samarali maydon tanlash uchun maxsus ishlar olib borish maqsadga
muvofiqligidan kelib chiqadi.
Respublikamizning shamol energetik potensiali tahlili shuni ko‘rsatdiki, kichik
iste’molchilar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda, yaxshi shamol mavjud emas. Bu
joylarda shamol tezligi 3-4 m/s dan oshmaydi. Aksincha shamol potensialiga ega
bo‘lgan hududlarda iste’molchilar mavjud bo‘lmagan joylarda, shamol potensiali
tezligi 10-12 m/s bo‘lib asosan poyalar orasida, g‘orlarda hamda murakkab joylarda
(borish yoki chiqish qiyin bo‘lgan) mavjud. Respublika hududida shamol potensiali
uncha yuqori emas va uning tezligi 2-5 m/s oralig‘idadir.
O‘zbekistonda kichik quvvatli (1-5 kVt) shamol energetik qurilmalarini
qo‘llash orqali, respublika shamol energetikasi istiqboli belgilanadi.
Shamol energiyasini o‘ziga xos xususiyati, bu vaqt bo‘yicha paydo bo‘lishini
notekisligi, bu esa shamol agregat o‘rnatilgan hududi energiya ishlab chiqarishga
ta’sir etadi. Bunday holatda energiya ishlab chiqarish va elektrik parametrlar bir
maromdaligini hisobga oluvchi bundan tashqari bir maromlik katta talab
etilmaydigan sodda hamda iqtisodiy ishlash imkoniga ega shamol qurilmalari
ishlatiladi.
Shamol agregati qo‘shimcha zaxira bilan turli sohalar bo’yicha mahsulot
olinsa, shamol energiyasidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Shamol agregatini
suv ko’tarishda, issiqlik ishlab chiqarishda, sovutishda va minerallangan suvlarni
ichimlik suviga aylantirishda qo‘llash samarali hisoblanadi.
Suv ko’tarishga mo’ljallangan istiqbolli shamol qurilmalari, shamol bo‘lmagan
vaqtlarda 3-5 sutka mobaynida normal suv ta’minotini ta’minlovchi rezervuarlar
bilan jihozlangan. Rezurvuar hajmini to‘g‘ri tanlash asosida shamol energiyasi
hisobiga suv ta’minotini 80-90% ga ta’minlash mumkin. Yer osti sathini
pasaytirishga mo‘ljallangan meliorativ tizimdagi quduqlardan suv chiqarishda
shamoldan foydalanish samarali hisoblanadi.
Shamol energiyasidan sho‘r suvlarni chuchuk suvga aylantirishda foydalanish
maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda UVE-0,5 turdagi chuchuklashtiruvchi shamol
energetik qurilmalari ishlab chiqariladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: bitta (suv
ko‘taruvchi) nasos sho‘r suvni filtr orqali rezervuarga uzatadi, boshqasi esa
rezervuardagi suvni chuchuklashtiruvchi apparatdan o‘tkazadi. Qurilma ishlashida
generatorda katta oraliqlarda yuklanish va tok chastotasi o‘zgarishiga mo‘ljallangan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ayova shtatining firmalaridan birida tayyorlangan
hayvonlar ushlab turiladigan joyni isitishga mo‘ljallangan shamol energiyasidan
mexanik foydalanishga mo‘ljallangan issiqlik qurilmalari tayyorlangan.
U katta rezervuarda joylashgan qurilma jihoz ko‘rsatgichini aylanishiga majbur
qiladi. Aylanishi natijasida rezervuardagi suv 45
0
C gacha isiydi. Suvli isitishning
sig‘imi umumiy tizimi 2270 litrni tashkil etadi. Shamol energetik qurilmalari (SHEQ)
32% quvvati isitgichlarni ta’minlaydi, qolganlari esa issiqlik almashinishi «suv-havo»
turiga to‘g‘ri keladi.
Shamol energiyasi mikroklimatning muzlatkich kameralarida kerakli
parametrlarni ushlab turish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tog‘ toshli trassalarga
yuvish, trassaga o‘g‘itlarning olib kelinishi uchun va boshqa maqsadlar uchun
ishlatish mumkin.
Shamol qurilmasi yordamida (4.2-rasm) nam havodan ichimlik suvi olinadi.
Ishlab chiqarish salmog‘i katta emas (15...21 litr bir sutkada). Ammo past suvsiz
hududlarda (masalan, orol oldi zonalarda) bunday qurilmalar ichimlik suvini avariyali
holatda ishlatilishi mumkin.
Qurilmaning
dvigateli
shamol
turbinasi.
U
atmosfera
shamolini
changlanmaslik filtr bilan yutib oladi. Keyin havo yer osti issiqlik almashinuvchiga
tushadi, u erda namlik kondensatsiyalanadi. Issiqlik almashinuvchiga o‘zi bilan
diametri 37 mm bo‘lgan alyuminli shamol o‘tkazgichni tashkil etadi. Har bir
turbaning uzunligi 6 m.
|