Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari




Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana20.01.2024
Hajmi4,8 Mb.
#142019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
qayta tiklanuvchi energiya

 
АННОТАЦИЯ 
В учебном пособии изучены проблемные вопросы по возобнавляемым 
источникам энергии. В нем охвачены главы как: Применение и перспективы 
возобнавляемых источников энергии; Применение возобнавляемых источников 
энергии в сельском и водном хозяйстве; Использование энергии малых водных 
течений; Ветровая энергия и возможности их применения; Получение энергии 
от температуры солнца; Получение энергии от луча солннца; Применение 
геотермальных энергетических ресурсов для электроснабжения; Использование 
энергии биомасс; Расчет техноко-экономических показателей использования 
оборудования возобнавляемых источников энергии.
ABSTRACT 
The study guide explores problematic cries for renewable energy sources. It 
covers chapters like: Application and perspectives of renewable energy sources; Use 
of renewable energy sources in agriculture and water management; Use of energy of 
small water currents; Wind energy and their application; Getting energy from the 
temperature of the sun; Receiving energy from a ray of a dream; The use of 
geothermal energy resources for power supply; Use of biomass energy; Calculation 
of technological and economic indicators for the use of renewable energy equipment. 
 
 


KIRISH 
Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi 
global energiya falokatiga yetaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li 
bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi. 
Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf 
etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya 
tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi. 
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va 
boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan. 
Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to
oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini 
yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan 
ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi.
Ertami-kechmi, insoniyat yerning qa’ridagi barcha ko‘mirni kovlab oladi,
neftni qazib chiqaradi va gazni yoqib tugatadi. Shundan so‘ng bir choynak choyni 
nimada qaynatamiz degan muammoga duch keladi. 
Shu bilan birga yoqilg‘i yoqishning salbiy ekologik ta’sirini ham unutmaslik 
kerak. Atmosferada yig‘iladigan zaharli gazlar miqdorining ortib borishi issiqxona 
effektini keltirib chiqarishi, butun sayyora bo‘ylab haroratning ortishiga sabab 
bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Yonuvchi mahsulotlardan ajralib 
chiqadigan tutun va zaharli gazlar havo musaffoligini buzadi. Ayniqsa, katta 
shaharlarda istiqomat qiladigan aholi ushbu salbiy ta’sirni o‘zlarida juda yaxshi his 
qilishadi. 
Biz kelajak haqida doimo o‘ylaymiz, hatto bu kelajak bizning davrimizda kirib 
kelmasada. Jahon hamjamiyati qazilma boyliklar miqdorining cheklanganligini va 
ulardan foydalaninishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini azaldan tushunib yetgan va 
tan olgan. Hozirda jahonning yetakchi mamlakatlari ekologik toza, qayta 


tiklanadigan energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish dasturlarini ishlab 
chiqqan va uni amalga oshirmoqda. 
Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni 
asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun 
dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan 
foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini 
qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. 
Aslini olganda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda 
ko‘p muammolar mavjud. Masalan, energiya resurslarining geografik taqsimlanish 
muammosi. Shamol elektr stansiyalarini faqat kuchli shamollar tez-tez esadigan 
joylarda, quyosh - quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlarda, gidroelektrostansiyalar - 
yirik daryolar bo‘yida qurilishi kerak. 
Neft yetarli ammo, hamma joyda emas, lekin uni oson yetkazib berish 
mumkin. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ikkinchi muammosi - beqarorlik. 
Shamol elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish shamolga bog‘liq. Shamolning 
paydo bo‘lish vaqti, tezligi, yo‘nalishi, esish yoki esmasligi uning muammoli jihati 
hisoblanadi.
Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi, 
kechqurungi qorong‘ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi. 
Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste’molchilarining 
talab va ehtiyojlariga bog‘liq holda foydalanib bo‘lmaydi. 
Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, 
tashqi faktorlarga bog‘liq emas va doimo o‘zgarmasdan qoladi. Ushbu 
elektrostansiyalarni 
osonlik 
bilan 
boshqarish 
mumkinligi 
ularning 
ustun 
tomonlaridan dalolatdir. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina katta 
energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan 
paytda, zaxira manbadan qo‘shimcha ta’minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu 


holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda 
qimmatlashuviga olib keladi. 
Shunga o‘xshagan boshqa bir qator murakkab muammolar tufayli dunyoda 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi sekin kechmoqda. Chunki 
qazilma yoqilg‘ini olib yoqish hali ham oson va arzon. 
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari haqida fikr yuritishdan oldin bunday 
tushuncha fanga qachon va qanday kirib kelganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish 
maqsadga muvofiqdir. 
Buning tarixi uzoq, qadimda neft va gaz kashf etilmagan sharoitda ham insonlar 
quyosh nuridan suv isitish, quritish va boshqa ishlarda foydalanishgan. Qayta 
tiklanuvchi energiya tushunchasi fanda o‘tgan asrning boshlarida qo‘llanila 
boshlandi. Buning asosiy sabablari shundaki neft, gaz, ko‘mir zaxiralarining ma’lum 
bir davrdan so‘ng tugashini insonlar tushunib yetib, energiya olishning qayta 
tiklanuvchi yo‘llarini qidira boshladi. Undan tashqari, yoqilg‘ilardan chiqayotgan 
million tonnalab CO
2
uglerod gazi ozon qatlami yemirilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Jahonda birinchilardan bo‘lib qayta tiklanuvchi energiyadan Yaponiya, 
Germaniya va boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy 
sabablaridan biri bu davlatlarda yoqilg‘i qazilma boyliklari deyarli yo‘q. 2011-yilda 
Yaponiyada bo‘lgan tabiiy ofat natijasida atom elektr stansiyalari hamda yirik 
to‘g‘onlardan foydalangan holda elektr energiya olishdan voz kechilib, energiya 
olishning qayta tiklanuvchi yo‘llariga o‘tilmoqda. 
- O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya borasidagi ilk tajribani kimlar 
o‘tkazgan? 
- O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni birinchilardan 
bo‘lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950-yillardan boshlab uylarni 
isitish, issiq suv bilan ta’minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir 
necha uylar qurilib tajriba sinovlari o‘tkazilgan. 
Jahonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishda quyidagi mamlakatlar 
yetakchilik qilmoqda: 


Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun 
qabul qilingan, 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan 
ishlash hajmini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi 
energiyadan foydalanish bo‘yicha Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Ispaniya va AQSH 
davlatlari 
yetakchilik 
qilmoqda. 
Germaniya 
atom 
elektr 
stansiyalaridan 
foydalanishdan voz kechmoqda, 2020-yilgacha elektr energiyaning 20 foizini qayta 
tiklanuvchi energiyadan olishni rejalashtirgan, har yili esa 100 ming uyning tomini 
quyosh panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish har tomonlama 
qulaylik tug‘diradi, hech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha tom bekiladi 
va uyni xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini to‘laligicha elektr energiya bilan 
ta’minlash mumkin. Ko‘pgina davlatlarda shamol energetikasi qurilmalari dengiz 
bo‘ylariga o‘rnatilmoqda. Shveysariyada yo‘lovchilarni tashish avtobuslari 
bioyonilg‘ida ishlaydi. Yaponiya hukumati quyosh energetikasi texnologiyasini 
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga kelib, jahonda quyosh 
energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni o‘rnatish 50 foizga oshdi. 
Biogaz kislorodsiz bakteriyalar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash 
natijasida olinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam, 
Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish 
texnologiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik, parrandachilik, o‘simlik 
chiqitlarini qayta ishlash natijasida olinadigan biogaz qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Qayta ishlash natijasida hosil qilingan tabiiy 
mineral o‘g‘itlar yer unumdorligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Oxirgi yillarda 
biogaz energiyasi bo‘yicha ko‘pgina tajribalar qilindi va kerakli natijalarga erishildi. 
Bir tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy mobaynida 
gaz bilan ta’minlashi mumkin. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni yanada 
takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. 
Qayta tiklanuvchi energiya sohasi kelajak fani, ertangi kunning asosiy masalasi 
bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyoti aynan shu qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan qanday foydalanishiga qarab rivojlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 
istiqbolimiz aynan qayta tiklanuvchi energiya sohasi taraqqiyotiga bog‘liq. 


O‘zbekiston sharoitida quyosh, shamol va biomassa energiyasidan 
foydalanadigan qayta tiklanadigan energetika texnologiyalari, shuningdek, kichik 
gidroelektrostansiyalar va geotermal qurilmalar dolzarb hisoblanadi. Quyosh 
energiyasidan issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarishda keng ko‘lamda 
foydalanish mumkin. Aytish joizki, yurtimizda quyosh energiyasining texnik 
salohiyati 98,6 % ni tashkil etadi. Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashmagan 
quyosh kollektorlari qo‘llaniladi. 
Hozirgi zamon quyosh elementlari qaysi sharoitda ishlatilishiga qarab (koinotda, 
Yer sharoitida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlanishiga, zichlashtirilgan 
quyosh nurlanishiga, ekstremal xol uchun va boshqalar) qarab turli xil yarim 
o‘tkazgichli materialdan ishlab chiqariladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan va 
inson ehtiyoji uchun elektr manba’i sifatida qo‘llanilayotgan QE aksariyati kremniy 
materialidan tayyorlanmoqda. Bunga asosiy sabab, hozirgi zamon kishilar ehtiyoji 
uchun ko‘p qo‘llaniladigan mikroelektron asboblarni tayyorlash texnologiyasining 
asosi kremniydir. Ikkinchidan, kremniy elementar yarim o‘tkazgich bo‘lib, uning Yer 
qa’ridagi ulushi 30 % ga yaqinni tashkil qilishi, hamda texnologiyasining 
rivojlanganligidadir.
Ammo global iqtisodiyotda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish katta foyda keltirmasada, undan alohida uy uchun foydalanishning 
e’tiborga molik jihatlari ko‘p. 
Hozirda ko‘pchilik elektr energiyasi, issiqlik va gaz uchun ta’riflarning 
muntazam o‘sib borayotgaligini his qilmoqda. Energetik kompaniyalar yil sayin 
oddiy odamlar cho‘ntagiga chuqurroq kirib bormoqda. 
Qayta tiklanuvchan energiyalardan foydalanish xalqaro tashabbus jamg‘armasi 
(I2BF) mutaxassislari tomonidan qayta tiklanadigan energiya bozorining birinchi 
tahlili natijalari taqdim etildi. Bashoratga ko‘ra, 5-10 yil ichida qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari foydalanish texnologiyalarining raqobatbardoshligi yanada 
oshadi va ommaviylashadi. Hozirda ham qayta tiklanuvchi energiya bilan an’anaviy 
energiya narxlari orasidagi farq keskin qisqarib bormoqda.


Energiya narxi deganda, qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqaruvchi 
tomonidan loyihaning davom etish mobaynida, kapital xarajatlarini qoplashga va 
kiritilgan investitsiya kapitalidan olinadigan daromaddan 10 foiz qaytarishni 
ta’minlashni xohlaydi. Ushbu narx kreditni moliyalashtirish mablag‘ini ham o‘z 
ichiga oladi. Chunki ko‘pgina muqobil va an’anaviy energetik loyihalar kredit 
mablag‘larining jiddiy manbalarini jalb etish asosida quriladi. 
Ushbu grafik qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha ishlab 
chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi keltirilgan (1.1-rasm).

Download 4,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish