• Biomassani yoqishga asoslangan elektrostansiyalar.
  • . Biogaz ishlab chiqarish qurilmasining sxemasi
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

    elektr energiyasi olish 
    To‘lqinlar energiyasi yangi energiya manbalarining istiqbolli shaklidir. Ushbu 
    energiyani qayta ishlash va uzatish jarayonida sezilarli yo‘qotishlar muqarrardir va 
    ehtimol uning uchdan bir qismi tarmoqqa kirishi mumkin. Shunga qaramasdan, 


    qolgan miqdordagi mavjud iste’mol miqdori darajasida butun Britaniyani elektr 
    energiyasi bilan ta’minlash mumkin. 
    Biomassani yoqishga asoslangan elektrostansiyalar.
    Oxirgi paytda olimlar e’tiborini ko‘proq biogazdan foydalanish muammolarni 
    band etmoqda. Yonuvchi metan gazi (60-70%) va yonmaydigan karbonat angidridi 
    aralashmasidan tashkil topgan yonilg‘i - biogaz yonilg‘isi hisoblanadi.
    Uning tarkibi, odatda – oltingugurt sulfidi, vodorod, kislorod va azot 
    aralashmalaridan tashkil topgan. 
    Biogaz anaerobik (kislorodsiz parchalanish – anoxik) parchalanishi natijasida 
    hosil bo‘ladi (1.5-rasm). Ushbu jarayonning hosil bo‘lishini botqoqlik joylarida 
    kuzatish mumkin. Botqoqlikka aylangan xuddulardagi yerning tubidan ko‘tarilgan 
    havo pufakchalari metan gazi va undan hosil bo‘lgan tashkil etuvchilar hisoblanadi. 
     
    1.5 - rasm. Biogaz ishlab chiqarish qurilmasining sxemasi 
    Biogaz olish jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi. Dastlab uglevodlardan, birinchi 
    bosqichda uglerod, oqsillar va yog‘lar tarkibidan anaerob bakteriyalar yordamida 
    organik va noorganik moddalar to‘plami: kislotalar (yog‘, propionik moddalar, sirka), 
    vodorod, karbonat kislotasi hosil qilinadi.


    Ikkinchi bosqichda (ishqorli yoki metanli) organik kislotalarni metan 
    bakteriyalari yordamida parchalab metan, uglikislota (karbonat kislotasi) gazi va oz 
    miqdordagi vodorod ajratib olinadi.
    Xom-ashyoning kimyoviy tarkibiga qarab fermentatsiya (achitish) jarayoni 
    natijasida qayta ishlangan organik moddalarning har bir kub metrdan 5… 15 m
    3
    gacha gaz olinadi. 
    Biogazni yoqib uylarni isitish, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
    quritish, avtomobil, traktor va boshqa texnikalarni harakatlantirishda yonilg‘i sifatida 
    ishlatish mumkin. Tarkibiga ko‘ra biogaz tabiiy gazdan juda oz farq qiladi. Bundan 
    tashqari, biogaz olingan massaning yarmi organik moddali achitqi sifatida ajralib 
    qoladi. Uni briketlash va qattiq yoqilg‘i tayyorlash mumkin. Ammo xo‘jalikni 
    yuritish va iqtisodiy tomondan bu unchalik oqilona emas. Fermentatsiyalangan 
    achitqi qoldig‘idan yuqori kaloriyaga ega bo‘lgan o‘g‘it tayyorlab ekin maydonlarida 
    ishlatish mumkin. 
    1 m
    3
    biogaz - 1 litr suyuq gaz yoki 0,5 litr yuqori sifatli benzinga teng keladi. 
    Biogaz olish texnologik foydaga ega bo‘lish imkonini yaratadi, uning qoldiqlarni 
    yoqish esa arzon energiya olish orqali energetik foydaga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
    Hindistonda biogaz ishlab chiqarish uchun qariyb bir million arzon va oddiy 
    qurilmalar ishlatiladi, Xitoyda esa 7 milliondan ortiq. 
    Ekologiya nuqtai nazaridan, biogaz juda katta afzalliklarga ega, chunki u o‘tin 
    o‘rnini bosa oladi, shu sababli o‘rmonni saqlab qolish va cho‘llanishning oldini olish 
    mumkin. Yevropada bir qator kommunal oqava suv tozalash inshootlariga ega 
    bo‘lgan korxonalar energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘zlari ishlab chiqaradigan 
    biogazlari bilan qondiradilar. 
    Qishloq xo‘jalik xom-ashyo mahsulotlaridan: shakarqamish, qand lavlagi
    topinambur (yer noki) kabilar ham alternativ energiya manbalaridan hisoblanadi. 
    Ayrim mamlakatlarda undan fermentatsiya usuli bilan suyuq yonilg‘i xususan, 
    etanolni ishlab chiqaradi. Misol uchun Braziliyada, o‘simlik massasidan katta 
    miqdordagi etil spirti olinadi va bu mamlakatdagi avtomobil yoqilg‘isiga bo‘lgan 


    ehtiyojining to‘liq qanoatlantiradi. Etanolni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish 
    uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo asosan shakarqamishdir. 
    Shakarqamish fotosintez jarayonida faol ishtirok etadi va ishlov beriladigan har 
    bir gektar yer maydoni hisobiga boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘proq energiya 
    ishlab chiqaradi. 
    Ayni paytda uni ishlab chiqarish Braziliyada 8,4 mln tonnani tashkil etadi va u 
    5,6 mln. tonna yuqori sifatli benzinga to‘g‘ri keladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
    avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlash uchun makkajo‘xori(kukuruza)dan 10% 
    gacha etanoli bo‘lgan bioxol ishlab chiqariladi (1.6-rasm). 
    1.6-rasmBiomassa etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekin maydonlari. 

    Download 4,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish