2. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA
MANBALARINI QO‘LLANILISHI
2.1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida avtonom energiyaga bo‘lgan ehtiyoj
Elektr energiyadan dehqon xo‘jaligida mexanizm va mashinalar yuritish, havo
va suvni qizdirish, bug‘ olishda, texnologik ehtiyojlarda, suv ko‘tarishda, yoritishda
va h.k.larda foydalaniladi. Dehqon xo‘jaligini avtonom elektr bilan ta’minlash butun
mashinalar va jihoz komplekslari ishlash imkoniyatini ta’minlab berishi kerak.
Shuning uchun, qishloq xo‘jalik energiya iste’molchilarning shunday turlarini tanlab
olish zarurki, ular o‘zining energiya iste’moli, ish unumdorligi va boshqa texnik
tavsiflari bo‘yicha kam hajmli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qo‘llanilishi
mumkin
bo‘lsin. Faqatgina qishloq xo‘jalik
ishlarining qabul qilingan
texnologiyasiga asosan energiya iste’molining vaqt bo‘yicha grafigini tuzib olib
mikroGESning yoki boshqa avtonom energiya manbaining
zarur quvvatini butun
dehqon yoki shirkat xo‘jaligi tomonidan iste’mol qiladigan elektr energiyasini yoki
texnologik operatsiyalar o‘rtasidagi elektr energiyasini aniqlash mumkin (2.1-rasm).
Va nihoyat bu mikro GES boshqa avtonom elektr ta’minot
manbalaridan foylanish
maqsadga muvofiqligini texnik – iqtisodiy asosini o‘rnatishga imkon beradi.