Ayni paytda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan barcha energiya manbalaridan
daryolar energetika salohiyati muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Bundan tashqari
so‘nggi yillarda shamol va quyosh energiyasi garchi namunaviy xususiyatga ega
bo‘lsada, ulardan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Shu bilan
birga, respublikada qayta tiklanadigan energetikaning quyidagi texnologiyalaridan
yanada kengroq foydalanish uchun imkoniyat hamda undaydigan sabablar bor:
• suv isitishga mo‘ljallangan quyosh panellari;
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr tizimlari;
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr stansiyalar;
• elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari;
• elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish uchun biogaz qurilmalari.
Kelajakda boshqa texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib
chiqilishi lozim, ya’ni:
• chiqindi yoqadigan yirik moslamalar, masalan, Toshkent yoki Samarqand
kabi yirik shaharlarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimida maishiy
chiqindilardan foydalanish;
• quyosh
elektr stansiyalaridan
foydalanish;
•geotermal energiyadan foydalanish.
Qayta tiklanadigan energiya oqimining
intensivligi ma’lum darajada yil
mavsumi, kunlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi tufayli ushbu energetika
texnologiyalaridan foydalanishda ularni kafolatlangan va ishonchli energiya manbai
deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, fotoelektr ctansiyalar kechasi ishlay
olmaydi, shamol qurilmalari shamol esmasa yoki uning tezligi past bo‘lsa, kerakli
miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarmaydi va hokazo. Shu sababli ular,
odatda zaxira energiya manbaini talab qiladi va asosan an’anaviy energiya manbalari
tomonidan chiqariladigan energiya miqdorini to‘ldirishga xizmat qiladi.