Tiklanuvchan energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va
ekologik
tozaligi hisoblangan, ulardan foydalanish planetaning energetik
muvozanatini o‘zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda
ham ularning yaqin o‘n yil ichida ma’lumot keng rivojlanishiga hizmat qiladi.
Tiklanuvchan energiya manbalari insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni
yechishda sezilarli rol o‘ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdo-sotiqda.
Quyosh energetikasi. Fotoelementlar (quyosh
energiyasining elektr
energiyasiga aylanishi) va tizimlar ishlab chiqarishda katta samara kutilmoqda. 1999
yilda fotoelementlar yordamida yillik energiya ishlab chiqarish 200 mVtni tashkil
etdi. Yetakchi davlatlar – Yaponiya-80, AQSH-60, Germaniya-50 mVt (Rossiya-0,5
mVt). Quyoshli suv isitkichlar (quyosh kollektorlari)ning umumiy yuzasi, to‘liq
bo‘lmagan ma’lumotlarga asosan, dunyoda 21 mln.m
2
dan oshdi,
bunda quyosh
kollektorlarini yillik ishlab chiqarish 1,7 mln.m
2
dan oshdi. Yetakchi davlatlar:
Yaponiya-7, AQSH-4, Isroil-2,8, Gretsiya-2,0 mln.m
2
(Rossiya-0,1 mln.m
2
).
Shamol energetikasi. Shamol qurilmalarining o‘rnatilgan quvvati dunyoda
1996 yil 6172 mVt dan 1999 yil 12000 mVt gacha oshgan va 2006 yilda 3600 mVt
ga etgan. Yetakchi davlatlar: Germaniya-4444 mVt, AQSH-1819, Daniya-1752,
Ispaniya-1539, Hindiston-1100 mVt (Rossiya-4 mVt). Shamol energetik sanoatining
aylanishi dunyoda 1998 yilda 1,7 mlrd.doll. ni tashkil etgan va oldingi yildagilarga
nisbatan 31% ga ortgan.
Gidroenergetika. Dunyodagi gidravlik energiyaning iqtisodiy potensiali 8100
tVt.s ga baholanadi. Barcha gidrostansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 669 tVt ni
tashkil etadi, ishlab chiqariladigan elektr energiya esa 2691 tVt.s.ni tashkil etadi.
Shunday qilib, iqtisodiy potensial 33% ga etadi. Kichik
gidroenergetikadagi dunyo
bo‘yicha etakchi Xitoy hisoblanib, u erda 1950 yildan 1996 yilgacha kichik GES
larning umumiy quvvati 5,9 dan 19200 mVt gacha o‘sdi. Yaqin o‘n yillikda Xitoyda
yiliga 100 mVt gacha quvvatni kiritgan va uni yanada
oshirish maqsadida ishlarni
olib bormoqda. Shu kecha kunduzda Xitoyda yangi “uch dara” (tri uщelya) nomli
juda katta gidroelektrostansiya qurilgan. Bu GES quvvati 22,4 gVt ni tashkil etib,
jahonda eng katta GES hisoblanadi. Hindistonda 1998 yil yakunida kichik GESlar (3
mVt gacha birlamchi quvvatli) ning o‘rnatilgan quvvati 173
mVt ni tashkil etgan;
qurilish bosqichida umumiy quvvati 188 mVt bo‘lgan GESlar mavjud. Bir qator
Yevropa davlatlari shu qatori,
Avstraliya, Finlyandiya, Shvetsiya va boshqa
davlatlardagi kichik GESlar samarali ishlayapti.